Saytimizning ko'pgina foydalanuvchilari bizga ko'pincha bir savol bilan murojaat etishadi, Ularning aksariyati Telegramdagi rasmiy saxifani qanchay o'chirish haqida so'rashadi, Ho'sh o'zi buning iloji bo'rmi?

Albatta ilojisi bor, buning uchun siz quydagi havolaga kirishingiz lozim, bosing!

Shundan so'ng sizda saxifa ochiladi, u yerga o'z raqamingizni terasiz,
-Bir ozdan so'ng telegram dasturingizga havsizlik ko'di yuboriladi, Siz shu ko'dni yozasiz va so'rovni tasdiqlaysiz, shundan so'ng saxifangiz Telegram tarmog'idan o'chirib yuboriladi!
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 7632 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)


Siz saytimizga telifon yoki kompiyuterninng Google Chrome yoki Mozila Flefox dasturilari yordamida kirgansiz va ko'chriib olish tugmasini bossangiz taronani eshitish uchun player ochilmoqdami? unda o'sha playerni PLAY tugmasiga sichqonchani olib boring va sichqoncha o'ng tugmasini bosing! so'ng Сахранить видео как yoki Сахранить мп3 tugmasini bosing va Сахранить tugmasini bosing. SHu bilan tarona telifon yoki kompiyuteringizga yuklanadi!

Yoki bo'lmasam telifoningizga "
ES File Explorer" dasturini o'rnating, bu dastur juda qulay bo'lib taronalarni yuklashda sizga qo'l keladi! Dasturni ko'chirish
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 4914 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)

Iphone telifonini tutuvchi foydalanuvchilar bizning saytdan taronalarni Opera, Safari orqali ko'chirolmaydilar. Bunday foydalanuvchilar saytimizdan klip yoki mp3ni ko'chirishni bosganlarida faqat uni eshitadilar, yoki ko'radilar.

Ushbu foydalanuvchilarimiz uchun mahsus dastur mavjud.

iDownloader
yoki
Music D/L

Shu dasturlardan birini telifoningizga o'rnating va saytimizda shu dastur yordamida tashrif buyuring va saytimizdagi sizga kerakli bo'lgan barcha malumotlarni telifoningizga yuklab oling.
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 4792 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)


Salom. Ba'zida bilib yoki bilmay android uchun birorta programma o'rnatib olamiz. Lekin bitta muammo bor. O'rnatgan programmamiz yoqmay qolsa uni o'chirvorishimiz kerak. Lekin o'chirolmayapsizmi?
Unda mening yozganlarimni diqqat bilan o'qing va qanday qilib androiddagi o'chmaydigan programmalarni o'chirib yuborishni o'rgataman. Eng avvalo Настройки » Диспетчер приложений ga kiramiz. U yerdan o'chirmoqchi bo'lgan programmamizni topamiz. Uning ichiga kiramiz. Berilgan funksiyalar mavjud lekin faqat o'chirib yuborish Удалить yo'q.
So'ng Настройки » Безопасность » Администраторы устройства ga kiramiz. Shu yerda siz o'chira olmagan programmalar turgan bo'ladi. Ularni ichiga kirib Отключить ni bosamiz. Keyin Настройки » Диспетчер приложений ga kiramiz. Yana o'sha o'chira olmagan programmamizga kiramiz. O'chirish funksiyasi ya'ni Удалить paydo bo'ldimi? Demak endi bemalol programmani o'chirib yuborishingiz mumkin! 
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 5169 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)

Ko'pchilik foydalanuvchilarimiz Android telefonidan foydalanishi tabiiy. Hozirgi davrda tezkorligi va qulayligi, imkoniyati darajasidan android yetakchilik qilmoqda. PlayMarkat - Bu dastur Android telefonini yuragi desak ham bo'ladi. Ya'ni android uchun pullik va bepul internet magazini. Playmarketning eng qulay tomoni har qanday dasturning yangi versiyasi chiqsa eng avvalo shu dastur ichiga joylanadi. Playmarket Google kompaniyasining bir qismi hisoblanadi. PlayMarketni ishlatish uchun Google pochtasi (Gmail) pochta kerak bo'ladi. Android telefoningiz bor bo'lsa qanday qilib bo'lsa ham uni Playmarketga ulang. Shunda eski programmalaringizni yangisi chiqsa telefoningiz avtomatik ogohlantiradi va uni yangilash haqida buyruq beradi. Saytimizga ba'zi holatlarda PlayMarketga kirib yuklab olinadigan dastur qo'ymoqdamiz. Shunday holatga duch keldimki, saytimiz foydalanuvchilarining asosiy qismi bu programmalarni va o'yinlarni yuklay olmaganligini yozishdi. Endi hulosa qiladigan bo'lsak, saytimizga tashrif buyurgan ro'yhatdan o'tmagan qanchadan qancha foydalanuvchi ushbu programmalarni ko'chira olmadi ekan. Mening birinchi rejam va saytni ochishdan maqsadim, o'yin va programmalarni yozuvini o'zbekchaga tarjima qilolmasamda, uni sizlarga o'zbekcha tushuncha bilan yetkazib berish edi. Shu natijaga erishdim ham. Lekin endi bundan ham murakkab bo'lishni o'rganishimiz kerak. Zamonimiz texnikalar borgan sari murakkablashib borayapti. Biz esa bularni o'rganishimiz kerak. Sizning Playmarketga ulanish imkoningiz yo'qmi? Unda qanday qilib bo'lsa ham biror telefon ustasi yoki telefonni yaxshi tushunadigan tanishingizga ko'rsatib Playmarketni ishga tushuring! Agar qunt bilan harakat qilsangiz buni o'zingiz uddalaysiz.
Whatsapp - dasturiga keladigan bo'lsak, juda ko'pchilgimiz bu messenjerdan foydalanamiz. Lekin bu dasturning ishlashi chegaralangan. Eng uzog'i uch oydan so'ng, programma ishlashdan to'xtab qoladi va "Обновить" ya'ni "Yangilang" degan yozuv chiqadi. Chunki
Whatsapp har oyda yangilanishi kerak. Playmarketga ham har oy yangi versiyasi joylanadi. Bu birgina android uchun emas Nokia s40 va s60 smartfonlari uchun ham. Ko'pchilik odamlar buni telefonidan ko'rishadi. Aslida esa rus tilini tushunmasligi va
"Обновить" degan iborani tarjima qilolmasligidan bo'ladi. Playmarketingiz ishlasa whatsappning va boshqa programmalarning yangi versiyasi haqida habar qilib turadi. Telefoningizda ishlayotgan barcha programmalarni yangi versiyasidan ogohlantiradi. Eslatma: PlayMarket ishlashi uchun biroz tezkor internet kerak bo'ladi. To'lqin yaxshi joylarda 3G va H+ ishlaydigan joylarda ishlatishingizni so'rab qolamiz. Shunda Playmarketdagi fayllarni qiynalmasdan yuklab olasiz! Yoki yangilab olasiz! 
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 5066 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)

Salom aziz foydalanuvchi! Men sizlarga yordam beryotgan bo'lsam bundan juda hursandman. Endigi navbatdagi muammo bu Nokia smartfonlarida sms belgi, ya'ni yonib o'chib turuvchi smsni qanday yo'q qilish haqida.
Bunday holatni juda ko'p tanishlarimda kuzatdim. Albatta bu kimlarnidir havotirga ham solgan. Tanishlarim menga "Mana bu sms belgi paydo bo'lib qoldi, zarari yo'qmi? Yo'q qilishni iloji bo'lsa, to'g'rilab ber" shunday savollar bilan murojaat qilishdi. Sizda ham shunday sms belgi paydo bo'lgandir. Undan siz ham hayron bo'lib hattoki havotirga ham tushgandirsiz. Men sizlarga ushbu belgini yo'q qilishni o'rgataman. Bu juda ham oson va oddiy. Hullas yozganlarimni yaxshilab o'rganing. Telefoningizdan Сообщения menyusiga kirasiz. Функции bosasiz. Сообщения на SIM ga kirasiz. U yerda Sim kartadagi SMSlar turgan bo'ladi. SMS belgining paydo bo'lishi aynan shu yerdan. Chunki Sim kartangizni hotirasiga SMS to'lib ketgan. O'sha SMSlarni o'chirib yuborsangiz, tepa paneldagi yonib o'chuvchi SMS belgi yo'qoladi. Bu juda oddiy.
Nokia Smartfonida muammolaringiz bo'lsa izoh qoldiring. Men qo'ldan kelgancha yordam beraman. 
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 4797 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (2)

Ko'pchilik Fleshka yoki Chipdagi ma'lumotlarini saqlash maqsadida uni himoyalash uchun unga parol o'rnatadi.
Lekin shunday holat ro'y beradiki, ba'zida o'sha parolni unutib qo'yishimiz tabiiy hol.
Parolni qanday yo'q qilishimiz mumkin. Buni sizlarga o'zim o'rgataman. Fleshka (Chip)ning o'zida biror muammo bo'lmay, faqat parollangan bo'lsa ochish mumkin. Boshqa sabab, ya'ni Fleshka yaxshimasligidan bo'lsa, fleshkani tashlab yuborgan maqul. Parolni ochish uchun bizga oddiygina Nokia smartfoni kerak bo'ladi. (masalan: Nokia C5-00, E51, E52, 6120, 6110, 6220 va yana shunga o'xshash klaviaturali smartfon). 
Parollangan fleshkani smartfonga solamiz. OS 9.2 sistemalarda alohida карта памяти ilovasi mavjud. Shu yerdan kirsa ham bo'ladi. OS 9.3 sistemalarda esa Диспетчер файлов ilovasidan Карта памятиga tushasiz. Har ikki sistema holatida men aytgan joyga kirasiz.
- Функции bosasiz
- Функция карта памяти ga kirasiz
- Форматировать ga bosasiz.
Hullas fleshka Форматировать qilingandan so'ng, yana ishlay boshlaydi. Smartfonning afzalligi Форматировать vaqtida umuman parolni kiritishni so'ramaydi. Nokia S40 telefonlarida esa Форматировать vaqtida parolni kiritishni so'raydi. Hullas shunday qilib Fleshkangiz yana ishlayveradi. Eslatma: Fleshka (Chip) Форматировать qilinganidan so'ng ichida hech qanday ma'lumot qolmaydi. Kerakli zarur ma'lumotlaringizni qaytarish kerak bo'lsa, kompyuterda Recover My Files dasturi orqali qaytarishingiz mumkin. Lekin 100% emas! 
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 5253 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)

Android telefonlari ekran blokirovka bo'lib qolganda yoki unutilganda ochishni o'rganamiz!
Assalomu alaykum hurmatli saytimiz mehmonlari bugun sizlarga android telefonini ekran blokirovkasini qanday qilib ochishni urgatmoqchimiz.Kerak bo'ladigan qurulma
1.Android platformasidagi telefon
Demak boshladik, Hozirgi kunda ko’pchiligimizda Android plotformali telefonlar bor.
Demak, o’z – o’zidan muammoga duch kelib qolamiz.
Ya’ni Biror do’stimiz yoki yaqin kishimiz Androidimizni bilmasdan biloklab qo’yadi va uni qanday qilganini bilmay qoladi. Bu vaziyatda boshimiz qotib qoladi va darxol telefon ustaxonaga chopib qolamiz. Hozir bu holga duch kelganimizda qanday sozlashni urgatib o’tmoqchimiz. Bu usul juda oson va asosiysi shu telefonning o’zida sozlanadi. Pastdagi rasmda telefon bloklangan va ochib bo’lmayapti. Biz shu blokirovkani ochishni o’rgatmoqchimiz. Eslatma : Bu usulni qo’llasangiz telefon xotirasidagi hamma fayllar o’chib ketadi.  
Demak boshladik,
Avvalo shu Android yoki Planshet telefonimizni o’chirib olamiz.
Keyin esa qurilmamizning "Yoqish” tugmasi , "Ovoz +” va ” Menyu” tugmalari bir vaqtda 5-6 soniya bosib turiladi. (Ayrim Android Fly telefonlarida "Menyu” tugmasi yuq. Bu vaziyatda biz. "Yoqish” = Ovoz + yoki Ovoz - tugmalarini bir vaqtda 5-6 soniya bosib turiladi.) Demak shu tugmalar bosib turilsa Pastdagi rasmdagi kabi menyu hosil bo’ladi. Shu menyu hosil bo’lsa demak 80% ishimiz o’xshayapti degani.

Demak , Telefonimiz sistemasiga kirib oldik.
Endi Ovoz + yoki Ovoz – tugma orqali pastga "Wipe data / factory reset” ni ustiga tushib, ok tugmani bosamiz. Bu vaziyatda ok tugmani ro’lini "Yoqish” tugmasi o’ynaydi.
Xullas "Wipe data / factory reset” ni ustiga kelib Androidimizni "Yoqish tugmasini bosamiz.
Yana bir bor aytaman bu amalni bajarayoganda telefon xotirasidagi fayllar o’chib ketadi.


Keyingi oynadan esa
"Yes – delete all user data” ni tanlab Androidimizning yoqish tugmasi orqali ok ni bosing. Shunda Biroz kuting...
Keyin esa 3-4 daqiqa zagruzka davom etadi. Biroz kutamiz.
Mana nihoyat hammasi amalga oshdi.
Pastdagi qizil Strelka ko’rsatgan sariq yozuv bu hammasi muvaffaqiyatli tugadi degani.
 Endi hech narsaga tegmay "reboot system now” ga ok tugmasini bosamiz. Va telefonimiz yongunicha kutamiz. Yonganda Google dan ro’yxatdan o’taymi deydi Siz iloji bo’lsa "Нет” , "Не сейчас” ni tanlab «Пропустить» va «Далее» tugmasini bosib yoqib olasiz.
Mana nihoyat Androidimizni yoqib oldik. Endi bemalol yana avvalgidek foydalansak bo’ladi.
Faqat telefon xotirasidagi fayllar ochib ketmaganini inobatga olmaganda.
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 8579 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)

Hammamiz bilamizki android telefonida graficheski blokirovka mavjud. Bunday qulflash biz uchun albatta yaxshi, lekin yomon tomoni bu qulflash usuli bir necha bor noto'g'ri terilsa, telefon butunlay qulflanib qoladi.
1-Qonun:
Eng asosiysi qulflanadigan stilni unutmaslik. Eng avvalo graficheski bloklashni o'zingiz qo'yishni bilmasangiz, biror tanishingiz qo'yib berayotganda uni eslab qolishingiz kerak.
2-Qonun:
Graficheskiy bloklash kodini bir necha bor terib telefonni qulflab qo'yganingizdan so'ng, unga qo'yilgan Pin-kod ya'ni parolni so'raydi. Bu parol telefonga graficheskiy bloklashni o'rnatayotganingizda qo'yiladi. Buning sababi telefonni ikkinchi marotaba bloklanishdan olib chiqish uchun. Bu kod raqamli kod hisoblanadi. Raqamlarni soddaroq yoki o'zingizni esingizda qoladigan qilib terishingiz kerak.
3-Qoida:
Bu qoida esa eng oxirgi imkoniyat hisoblanadi. Telefoningizni graficheskiy bloklab, undan so'ng Pin-kod parolni ham noto'g'ri terib, telefonni umuman ishlashidan to'xtatilgandan so'ng ish beradi. Bu imkoniyat Google (Gmail) akkauntingiz logini va paroli hisoblanadi.
Masalan:
Login: muxriddin1992@gmail.com
Parol: 1234567890
Hullas shunga o'xshash. Tepada yozgan login parolim shunchaki izoh. Bu akkaunt aslida ishlamaydi. Sizning ham telefoningizga shunday akkaunt kiritilgan bo'lishi tabiiy. Oxirgi imkoniyatda akkauntingizni login va parolini so'raydi. Agar akkauntingiz logini va paroli esingizda qolgan bo'lsa uni kiriting va telefoningizni bloklanishdan chiqaring.
Shu uchta qonunni birortasi ham ish bermasa, unda telefoningiz abadiy bloklanadi va ishlatib bo'lmaydigan oddiy matohga aylanadi. Buni biror telefon ustasiga olib borishingiz yoki telefonning o'zidan "Воостановить" berishingiz kerak.
Muxriddin Shermuxammedov tayyorladi
 
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 4933 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)

Ushbu mavzuyimizda biz sizlarga android telefoningizda qanday qilib ekrandagi holatni rasmga olishni o'rgatamiz.
Hozir biz sizga o'rgatadigan usulimiz Android tizimidagi Samsung telefonlari uchun.
Birinchi yoqib o'chiruvchi klavish "Power" ni bosamiz va tezda telefonimiz o'rtasidagi "Home" klavishini bosamiz. 2 sekund ichida telefoningiz menyuni qaysi qismida bo'lishidan qat'iy nazar "Rasmga oladi." Unutmang:"Power" klavishi bosilishiga "Home" klavishini tez bosing. So'ng ikki sekund rasmga olish tovushi chiqqunicha ushlab turing!
Muxriddin /shermuxammedov tayyorladi
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 4981 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (1)

Smartfonimiz, hozirgi kunda eng "kerakli" narsamiz. Agar unga suv tushib ketsa, undan ayrilishimiz aniq. Ammo, bir qancha choralarni ko'rish mumkin! Bugun saytimizdada smartfonimizni suvdan qanday tozalash bo'yicha maslahatlar beramiz, marhamat!  
Batareyani olib qo'ying yoki smartfonni o'chiring
Eng birinchi qilinishi kerak bo'lgan ish — smartfonni energiya bilan ta'minlovchi har qanday manbadan uzib tashlash. Suvning o'zi smartfonga zarar keltirmaydi, ammo suv kirishi natijasida sodir bo'ladigan qisqa tutashuv uning mikrosxemasiga zarar keltirishi va telefonni yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Agar smartfonning batareyasini olish imkoni bo'lsa, birinchi bo'lib uni sug'urib tashlang. Mabodo bunday imkoniyat bo'lmasa apparatni batamom o'chirib tashlang.
Barcha qismlarini yechib oling
Smartfonning barcha qismlarini yechishga to'g'ri keladi. Undan SIM-kartani, xotira kartasini, agar imkoni bo'lsa matritsa platasini ham yechib oling. Shleyflarni ulangan yeridan uzib tashlang.
Quriting 
Telefon ichiga kirgan suyuqlik yopishqoq (masalan, shirin choy, gazli ichimlik, kefir kabi) yoki yog'li bo'lsa (masalan, sho'rva, yog' bo'lsa) avvalo, uni suv bilan yuvib tashlash lozim bo'ladi. Quritish jarayonini ikki xil usulda amalga oshirsa bo'ladi. Birinchi usul: uni quritishda changyutgichdan foydalaning. Ammo fendan emas. Chunki fen smartfonning sezgi kuchli qismlariga, masalan dinamikasiga, mikrafoniga va ekraniga zarar keltiradi. To'planib qolgan suv to'kib tashlanadi va changyutgichda 5-10 daqiqa quritiladi.
 Ikkinchi quritish usuli biroz ko'proq vaqt oladi. Guruch yoki oqshoq biror-bir idishga solinib, unga yechib olingan smartfon qismlari aralashtirib qo'yiladi. Bir-ikki kundan so'ng ular olinib, yig'ib chiqiladi. Ishlab ketishiga kafolat bo'lmasada, har holda umid qilsa bo'ladi. :) Suvdan tozalashning yanada tez usuli, yechib olingan iqsmlarni toza spirtga bir kun davomida solib qo'yish kerak. Suv spirtga aralashib ketadi. Spirtning o'zi esa havoda parlanib ketadi. Ammo unutmaslik kerakki, ekran, dinamika hamda mikrafonni hech qanday suyuqlikka, jumladan, spirtga ham solib bo'lmaydi.
Endi nohush vaziyatga tushib qolganingizda nima qilishni bilasiz! ;)
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 5045 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)

Ko'pchiligimiz Nokia S40, Sony Ericsson, Samsung va shunga o'xshash Java qo'llaydigan telefonlar ishlatamiz. Nima uchun bu rusumdagi telefonlar Android va Symbian smartfonlari kabi menyuni boshqarish imkoni bo'lmaydi.
Masalan: Programma kodlagich, ekran blokirovkasi, fonarik, video va mp3 montaj qilish imkoniyatlari. Bu imkoniyatlar uchun Java platformasi umuman to'g'ri kelmaydi. Sababi Java qo'llovchi telefonlarda ichki xotira va operativ xotira qisqa bo'ladi. Android va Symbian Smartfonlari programmani o'zining bir qismiga aylantirish va butun tanasini boshqarishgacha imkon beradi. Java esa har qanday java qo'llovchi telefonda oddiygina bir qism holos.
Nima uchun ekran blokirovkasi yoki menyudagi programmalarni qulflash imkoni mavjud emas?
Har qanday java telefonidan bitta qizil klavish yoki HOME klavishi mavjud. Shu tugmachalar bosilishi bilan Java programma yoki o'yindan chiqib ketish uchun ruhsat so'raydi. Biror programmaga kirib undan chiqib ketmasdan menyuga qaytish imkoni yo'q. Ba'zi telefonlarda bor, lekin baribir java telefonning bir qismiligicha qolib ketaveradi.
Nima uchun Android va Symbian smartfonlari programma yoki o'yinlariga sertifikat so'raydi? Buning javobi oddiy. Smartfonlar programma yoki o'yinni butun vujudiga qabul qiladi va Smartfonni yanada imkoniyatlarini oshirish mumkin. Bu yaxshi, lekin yomon tomoni shundayki, agarda birorta programma yomon maqsadda yaratilgan bo'lsa, smartfoningizga va o'zingizga katta zarar yetkazadi.
Masalan: Internet ishlab pulingizni o'z mayliga ishlanib ketishi, smartfoningiz qotishi va o'chib, umuman yonmay qolishi ham mumkin. Java bilan smartfonning farqi shunda. Java telefonning bir qismi xolos. Smartfonlar uchun yaratilgan o'yin va programma smartfonning hamma qismida ishlashi mumkin. Shuning uchun ham smartfonlar sertifikat talab qiladi. Sababi sertifikat programma yoki o'yinni biror kompaniya yoki yaratuvchisi programma uchun kafolat berganini tasdiqlaydi. 
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 4848 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (1)


Salom xurmatli do'stlar va akalar! Mana bugun ko'pchilikning talabiga binoan Android fayllar(.apk)-ni tarjima qilish haqida maqola yozmoqchiman!
Buning uchun bizga kerak bo'ladigan dasturlar:
1. "MT-Manager"
2. "Dalvik bytecode editor"
Qo'llanma:
1. "MT-Manager" dasturiga kiramiz
2. Tarjima qilmoqchi bo'lgan fayl(.apk)- ni topamiz
3. Fayl ustiga bosamiz
4. Ochilgan menudan "Prosmotr"- ni tanlaymiz
5. Fayl ichida "Resources.arsc" fayli mavjud shu fayl til paketi hisoblanadi shu faylni tahrirlab saqlaysiz Eslatma!!! Bazi fayllarda "Classes.dex"- fayli ichida xam so'zlar mavjud ularni tarjima qilishda ehtiyot bo'ling aks holda dastur ishlamasligi mumkin!
6. Dasturdagi rasmlar "res" yoki "asserts" papkalarida bo'ladi shu yerdan o'zgartirasiz
7. Tayyor bo'lgan dasturni ishga tushirishga oz qoldi! Endi "Dalvik Bytecode Editor"- dasturini ochamiz
8. Tarjima qilgan faylni topib ustiga barmoqni uzmay bosib turamiz
9. Menu hosil bo'ladi biz bu menudan "Signed" buyrug'ini tanlaymiz Ana dastur tayyor bo'ldi endi "File_signed.apk" faylini ustanovka qilib ishlataveramiz!!! Forumda ".zip" kengaytmali fayllar ishlashi bilan dasturlarni yuklayman! Tarjima qilish usullari xali ko'p lekin qulayi shu, keyinchalik qolganini xam yozaman! Bu usul "Android" platformasida ishlaydigan telefonlar uchun!
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 4973 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.02.2016 | Комментарии (0)

Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz