12:12
Androiddagi Playmarket dasturi. Bu nima uchun kerak?
Ko'pchilik foydalanuvchilarimiz Android telefonidan foydalanishi tabiiy. Hozirgi davrda tezkorligi va qulayligi, imkoniyati darajasidan android yetakchilik qilmoqda. PlayMarkat - Bu dastur Android telefonini yuragi desak ham bo'ladi. Ya'ni android uchun pullik va bepul internet magazini. Playmarketning eng qulay tomoni har qanday dasturning yangi versiyasi chiqsa eng avvalo shu dastur ichiga joylanadi. Playmarket Google kompaniyasining bir qismi hisoblanadi. PlayMarketni ishlatish uchun Google pochtasi (Gmail) pochta kerak bo'ladi. Android telefoningiz bor bo'lsa qanday qilib bo'lsa ham uni Playmarketga ulang. Shunda eski programmalaringizni yangisi chiqsa telefoningiz avtomatik ogohlantiradi va uni yangilash haqida buyruq beradi. Saytimizga ba'zi holatlarda PlayMarketga kirib yuklab olinadigan dastur qo'ymoqdamiz. Shunday holatga duch keldimki, saytimiz foydalanuvchilarining asosiy qismi bu programmalarni va o'yinlarni yuklay olmaganligini yozishdi. Endi hulosa qiladigan bo'lsak, saytimizga tashrif buyurgan ro'yhatdan o'tmagan qanchadan qancha foydalanuvchi ushbu programmalarni ko'chira olmadi ekan. Mening birinchi rejam va saytni ochishdan maqsadim, o'yin va programmalarni yozuvini o'zbekchaga tarjima qilolmasamda, uni sizlarga o'zbekcha tushuncha bilan yetkazib berish edi. Shu natijaga erishdim ham. Lekin endi bundan ham murakkab bo'lishni o'rganishimiz kerak. Zamonimiz texnikalar borgan sari murakkablashib borayapti. Biz esa bularni o'rganishimiz kerak. Sizning Playmarketga ulanish imkoningiz yo'qmi? Unda qanday qilib bo'lsa ham biror telefon ustasi yoki telefonni yaxshi tushunadigan tanishingizga ko'rsatib Playmarketni ishga tushuring! Agar qunt bilan harakat qilsangiz buni o'zingiz uddalaysiz.
Whatsapp - dasturiga keladigan bo'lsak, juda ko'pchilgimiz bu messenjerdan foydalanamiz. Lekin bu dasturning ishlashi chegaralangan. Eng uzog'i uch oydan so'ng, programma ishlashdan to'xtab qoladi va "Обновить" ya'ni "Yangilang" degan yozuv chiqadi. Chunki
Whatsapp har oyda yangilanishi kerak. Playmarketga ham har oy yangi versiyasi joylanadi. Bu birgina android uchun emas Nokia s40 va s60 smartfonlari uchun ham. Ko'pchilik odamlar buni telefonidan ko'rishadi. Aslida esa rus tilini tushunmasligi va
"Обновить" degan iborani tarjima qilolmasligidan bo'ladi. Playmarketingiz ishlasa whatsappning va boshqa programmalarning yangi versiyasi haqida habar qilib turadi. Telefoningizda ishlayotgan barcha programmalarni yangi versiyasidan ogohlantiradi. Eslatma: PlayMarket ishlashi uchun biroz tezkor internet kerak bo'ladi. To'lqin yaxshi joylarda 3G va H+ ishlaydigan joylarda ishlatishingizni so'rab qolamiz. Shunda Playmarketdagi fayllarni qiynalmasdan yuklab olasiz! Yoki yangilab olasiz! 
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 5070 | Добавил: ADMIN2 | Теги: Playmarket, Android | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz