Главная » 2016 » Июнь » 13 » Baklava/ Turkcha Pahlava
14:44
Baklava/ Turkcha Pahlava



 

MASALLIQLAR:

Turkcha pahlava uchun 20 varaq/ba’lak hamir 

1 stakan shakar

0,5 st suv

0,5 choy qoshiq limon suvi

0,5 st hondon pista

0,5 st yong’oq

0,5 st cashew yong’og’i

0,5 st shakar pudrasi (saharnaya pudra)

250 gr saryog’

TAYYORLASH:

Hamirlarni pahlava tayyorlaydigan qolip shaklida kesiladi. Retseptda to’rtburchak 23×23 cm qolipdan foydalanilgan.

  1. Gaz duxovkasi 300 F /150 C da qizitiladi.
  2. Nachinka tayyorlanadi: barcha yong’oqlarni qog’oz qo’yilgan listga yoyib 10 daqiqa davomida duxovkada qizitiladi va duxovkadan olinib blender yordamida maydalanadi. Maydalangan yong’oqlarga 0,5 st saharnaya pudra qo’shib aralshtiriladi.
  3. Saryog’ o’rta olovda jigarrang ko’rinishga kelguncha qaynatiladi. 
  4. Pishiriq qolipiga pishiriq shchetkasi yordamida saryog’ surtiladi.
  5. saryog’ surtilgan qolipga 1ta hamir varaqi qo’yiladi va saryog’ surtiladi.
  6. Shu tariqa 5 ta hamir balagi, ketma -ket saryog’ surtilgan holda  teriladi.
  7. 5-saryog’ surtilgan hamir bo’lagi ustidan 0,5 st maydalangan yong’oqlar sepiladi va yana hamir bo’lagi qo’yilib davom etiladi. ( shunda: 5 tadan 4 qavat hamir va 0,5 stakankandan 3 qavat maydalangan yong’oq qavati hosil bo’ladi) image
  8. Tayyor pahlava kesilib ustidan 3 osh qoshiq saryog’ quyiladi va qizigan duxovkada 1 soat pishiriladi.image
  9. Pahlava pishguncha sirop tayyorlanadi. SIROP TAYYORLASH UCHUN: 1st shakarga 0,5 st suv solinib o’rta olovda 10 daqiqa qaynatiladi va gazdan olinib 0,5 choy qoshiq limon suvi qo’shiladi.
  10. Pahlava pishgach sirop quyiladi va bezak uchun alohida maydalangan hondon pista sepiladi.

TURKCHA BAKLAVA/ PAHLAVA TAYYOR. YOQIMLI ISHTAHA.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 942 | Добавил: AdminoFF | Теги: pishiriqlar | Рейтинг: 0.0/0