Главная » 2016 » Июнь » 13 » BANANLI KEKSCHALAR (MUFFIN)
14:47
BANANLI KEKSCHALAR (MUFFIN)




 

MASALLIQLAR:

1 ta tuxum

2,5 choy qoshiq razrexlitel

0,5 choy qoshiq tuz

100 gr saryog’ (hona haroratida/yumshoq)

3 ta banan ( juda yumshoq)

10 osh qoshiq+ 2 choy qoshiq shakar

1,5 st un

TAYYORLASH:

Duxovka 350F/ 180 C da qizitiladi. Kekschalar uchun qolip yog’lanadi yoki qog’ozchalar qo’yib oldindan tayyorlanadi.

1.  Idishga un, tuz, razrexlitel solinib aralashtiriladi.

2. Boshqa bir idishda bananlar pyure qilinadi va tuxum, shakar, saryog’  solinib ozgina ko’pirtiriladi.

3.  Bananli massani unli massaga solinib aralshtiriladi ( quruq massa nam bo’lguncha)

4. Tayyor quyuq massani kekschalar qolipiga taxminam 4 osh qoshiq yoki keks qolipi 1,-2 cm to’lar-to’lmas quyiladi.

5. Qizigan duxovkada o’rta olovda 25-30 daqiqa yoki ichi pishib chiroyli qizgish rang bo’lguncha pishiriladi.

BANANLI KEKSCHALAR TAYYOR.  YOQIMLI ISHTAHA.

QO’SHIMCHA: keks qoliplarga solingandan so’ng, ustidan shakarli ushoq sepilgan (albatta bu ihtiyoriy).

Shakarli ushoqni tayyorlash uchun: 30 gr saryog’, 2 osh qoshiq un, 5 osh qoshiq jigarang shakar, chimdim dolchin. Hamma masalliqlar aralshtiriladi va kekschalar pishishidan oldin sepiladi.

 

Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 566 | Добавил: AdminoFF | Теги: kekslar | Рейтинг: 0.0/0