Главная » 2016 » Май » 29 » Bulg’or qalampiri va zaytunli pizza
21:08
Bulg’or qalampiri va zaytunli pizza



Bulg’or qalampirli kichkina pizza retsepti – pizza tayyorlashning asrlar davomida mashhur usuli.

Hozirgi kunda pizza butun dunyoda, Alyaskadan tortib Avstraliya qirg’oqlarigacha, mashhurdir. Ta’miga qarab uni biz qalin, o’rtacha va yupqa xamirlarda tayyorlashimiz mumkin.

Ingrediyentlar

Xamir: 400g un 200ml iliq suv 25g xamirturush 2choy qoshiq zaytun yog'i tuz, idish uchun yog'  Ustiga: 4 dona pomidor 1 dona yashil bolg'or qalampiri 1 dona sariq bolg'or qalampiri 1 dona qizil bolg'or qalampiri 120g qora zaytun 2 sarimsoq boshi 1 choyqoshiq oregan 2 choyqoshiq qirg'ichdan o'tkazilgan pekkorino pishlog'i 1 choyqoshiq zaytun yog'i tuz

tayorlov

  • Taxtaga unni seping. Unning o’rtasidan teshik yasab ichiga xamirturush seping, keyin yog’ va ozgina tuz qo’shing. Ustidan suv quyib uni qo’lingiz bilan silliqlanishigacha qoring. Keyin xamirni un sepilgan idish ichiga solib, iliq joyga 30 daqiqaga tindirib qo’ying.
  • Bulg’or qalampirlarini yuvib va urug’larini olib tashlab, yupqa qilib kesib chiqing. Keyin 1 qoshiq zaytun yog’ida kesilgan sarimsoq bilan aralashtirib uni 15 daqiqa past olovda qovuring. Pomidorni po’stini artib, urug’larini ajratib tashlab kesib chiqasiz. Zaytunlarni xam kesib chiqasiz va ularni pomidor va bulg’or qalampirlari bilan qo’shib aralashtirasiz.
  • Xamirni 4 ga teng bo’ling. Xamirlarni bitta-bittadan olib qo’llaringiz bilan ularni yumaloq shaklga keltiring. Keyin uni yog’langan alyumin folga ustiga qo’ying.
  • Xar bir xamirning ustiga tayyor masalliqlarni joylashtiring. Qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq, oregano va ozgina zaytun yog’ini sepib chiqing. 15-20 daqiqa Selsiy bo’yicha 200 gradus darajadagi duxovkada pishiring.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 364 | Добавил: AdminoFF | Теги: pizza | Рейтинг: 0.0/0