Главная » 2016 » Август » 4 » Burjlar va dam olish muvofiqligi
03:31
Burjlar va dam olish muvofiqligi




Qo’y burji – qiziqishlarning keng doirasi. Barchasi vaqt yetishmovchiligiga aylanadi. Faol dam olishga harakat qiladilar, sayohat, ayniqsa ekzotik joylarda. Bo’sh vaqtda turli narsalar yaratishni, tuzatishni, sport bilan shug’ullanishni xush ko’radilar.

Buzoq burji – musiqa kechasi, xursandchiliklar, kulguni yoqtiradilar. Charchamaydigan mehnatkash, o’z atrofida go’zallik yaratishni sevadi, masalan, bog’ yaratish. Yaxshi taom tayyorlaydi va do’stlarini tez – tez mehmonga chaqiradi. Eng ko’proq mashg’ul bo’ladigan hobbisi – qo’lyozma, musiqa.

Egizaklar burji — o’zgarishlar va sarguzashtlarni yaxshi ko’radi. Ko’proq boshqa mamlakatlarda sayohat qiladilar. Osongina sevgisiga erishadi yoki do’st orttiradi. Ko’ngilxushliklarni va she’riyatni yoqtirishadi.

Qiqsqichbaqa burji – shiori “Uydan zo’ri yo’q”. Xususiy dachalarida dam olish, dengiz yoki ko’l sohilida bo’lish, suzish bilan shug’ullanish sevimli mashg’ulotlari. Qadimiy narsalarga qiziqib, ularni yig’ishni yaxshi ko’radi.

Arslon burji – doim diqqat markazida, yolg’izlikni xush ko’rmaydilar, ishqiy munosabatlarda bo’ladi. Raqs, turli kechalar va teatr aynan ular uchun.

Parizod burji – oddiylikni ma’qul ko’radi. Ularga qimmat kurortlar kerak emas, chiroyli tabiat qo’ynida bo’lishsa bas, sayohat qilish jon – u dili.

Tarozi burji – Ko’ngilxushlik va xursandchiliklar havodek zarur. Xobbi ko’pincha san’at bilan bog’liq – opera, qo’lyozmalar. Tarozi burjidagi odamlar chiroyli didga ega bo’lishadi. Ushbu burj vakillar bo’lgan ko’pchilik qizlar chiroyli kiyinib, butun kunni kiyim do’konlarida o’tkazishadi.

Chayon burji – Burjlarning faol vakillaridan biri. Tavakkal bilan bog’liq sport o’yinlari: futbol, hokkeyni sevishadi. Notanish insonlar bilan qiyinchilik bilan tanishadilar. Asosan tinch joyda o’qishni yoki hayol surishni ma’qul ko’radilar.

O’qotar burji – dam olishni bayramga aylantirishdek kamyob qobiliyatga ega kimsalar. Ko’p sayohat qilib, sport bilan muntazam shug’ullanadilar. Falsafaga qiziquvchan, odamlar orasida bo’lishga harakat qiladilar.

Tog’ echkisi burji – tolmas mehnatkash. Xatto dam olish kunlari ham biror yumushsiz o’tirishmaydi. Eski qadrdon do’stlar davrasida yoki bo’lmasam, o’z oilalari davrasida bo’lishni afzal deb bilishadi.Tarixga juda qiziquvchan, noyob buyumlarni yig’ishni xush ko’radilar.

Qovg’a burji — do’stlik belgisi. Ular har doim odamlar orasida, jamoat ishlarida faol, fotografiya, qo’lyozmalar, modellashtirish kabi sohalarni yaxshi ko’radilar. Sayohat qilish va tarix, geografiya, iqtisodga oid kitoblarni tez – tez mutolaa qilib turadilar.

Baliq burji – butun hayoti – o’sish va rivojlanish jarayoni. Boshqalar orasida ham, yolg’iz qolganda ham birdek o’ziga talabchan. Tinch muhitda bo’lishni va yolg’izlikda hayol surishni xush ko’radilar. Boshqa tarafdan esa yaxshi musiqa va biror kimsa bilan raqsga tushish ham jon – u dillari.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 1378 | Добавил: AdminoFF | Теги: Burj, dam olish | Рейтинг: 0.0/0