Главная » 2016 » Август » 4 » Burjlar va karyera
03:18
Burjlar va karyera

 ​


Qo’y – yangiliklarni xush ko’radi. Shiori: “Barcha qiyin narsalar tezda amalga oshishi shart”. Quruq qo’l bilan bekor o’tirishni xush ko’rmaydi, duch kelgan ishga qo’l urib katta obro’ga erishadi. Boshqarishga anchagina moyilligi bor, harbiy ish, xirurgiya, yuridistika sohalarida yaxshigina faoliyat olib borishi mumkin. Bu aql belgisi. Ko’pgina ushbu burj vakillari, mashhur yozuvchi va orator bo’lishgan.

Buzoq – tanlagan mashg’ulotini kamdan – kam o’zgartiradi. Bu burj egalari orasida eng zo’r musiqachilar va aktyorlar mavjud. Ular asta – sekinlik bilan, o’z navbatida ishonch bilan tanlagan kasblari cho’qqisiga qadar ko’tarilib boradilar. Ularni hamkasblari qadrlab, qattiq hurmat qiladilar.

Egizaklar – energiyaga boy, bir lahzada qaror qabul qila olishga qodir, ularni ko’proq aql va tezkor reaksiyani talab etuvchi mashg’ulotlar qiziqtiradi. Ular professional texnik, yuvelir, dantist, tarjimon va shoir hamdirlar. Ushbu burj ostida tug’ilgan insonlarning ko’plarida tarjimonlik, dunyo tillarini o’rganish borasida tug’ma talantlari bo’lishi mumkin.Tanqidni umuman yoqtirishmaydi, yaratuvchanlik qobiliyatiga ega ixtirochilar.

Qisqichbaqa – taomlarni yuksak mahorat bilan tayyorlashlari mumkin. Ushbu burjdagi ayollar ko’pincha iqtidorli dizayner va dekorator bo’lishlari mumkin. O’ta tartibli va mehnatsevar insonlar. Ularning boyligi – go’zallik.

Arslon – bu burjdagilar dunyoni “boshqarish” uchun keladilar. Ularga “sahna ortidagi rollar” yoqmaydi.Teatr – eng sevimli kasblari bo’lishi mumkin. Ular uchun hayot katta sahna. Hayot muammolarini o’zlarining ijodkorlik qarashlari bilan hal qiladilar. Jamoat ishlarini tashkillashtirish, insonlar bilan doimiy aloqada bo’ladigan sohalar ularni ko’proq qiziqtiradi.

Parizod – eng katta ustunliklari har bir ishga analitik jihatdan yondashish, chuqur fikrlash, izlanishlar olib borish. Juda diqqatli, ajoyib vrachlar, o’qituvchilar, farmatsevtlar. Kamdan – kam adashuvchi, o’ta javobgar shaxslar.Qora ishdan qochishmaydi.Boshqalarni tez – tez tanqid ostiga olib turadilar.

Tarozi – tinchlikka intiluvchi, ulardan ajoyib advokat yoki diplomatlar chiqishi mumkin.Eng asosiy mashg’ulotlaridan biri – huquq.Odamlar bilan tezda chiqishib kea oladilar, lekin atrofdagi vaziyat ularga tezda ta’sir ko’rsatadi. Asabiy yoki ozgina kir bo’lgan joyda ham ishlay olmaydilar.

Chayon – ko’pincha ko’pgina qiyinchiliklarni talab qiladigan og’ir ishlarni tanlashadi. Ular kimyo, fizika yoki texnika borasida izlanishlar olib boradigan olim yoki xirurg, psixolog bo’lishlari mumkin. Ushbu burch – kuch timsoli bo’lganligi uchun ular orasida sportchilar ko’pchilikni tashkil etadi.

O’qotar – falsafaga moyil, zehnli shaxslar burji. Ushbu burj ostida juda ko’p faylasuflar va mashhur mutafakkirlar tavallud topishgan. O’z qilgan ishlarini boshqalarga maqtanishni yoki reklama qilishni xush ko’radilar. Erkinlikni sevadilar, sayohat qilish jon – u dillari.

Tog’ echkisi – “burjning ishchi tulpori”. Boshlagan ishlarini oxirigacha, to’liq bajarishadi.Mashhur biznesmen tadbirkorlar aynan shu burjda bo’lioshgan.Moliyaviy sohada muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin.Kasb o’zgartirishni yoqtirishmaydi.Ular uchun eng muhimi – muvaffaqiyat.

Qovg’a – ular orasida juda ko’pgina vunderkinlarni ko’rishimiz mumkin. Duch kelgan kasbni muvaffaqiyatli olib borishga qodirlar. Chiroyli didga ega, ixtiroga moyil, aktyorlik mahoratlari kuchli bo’ladi. O’zlariga tortadigan nimadir belgilar mavjud. Asosan, jamoat ishlarida: siyosat, ilm – fan sohalarida ishlashlari mumkin.

Baliq – orzu qilishni xush ko’ruvchi, san’at bilan hamnafas insonlar. Ulardan katta vrachlar yoki o’qituvchilar chiqadi. Atrof – muhitga tezda ko’nikib ketadigan, aqlli, tartibli va ijodkor odamlar.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Просмотров: 1639 | Добавил: AdminoFF | Теги: karyera, Burj | Рейтинг: 4.5/2