21:19
Hikmatli so'zlar
Hikmatli so'zlar
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 6761 | Добавил: ADMIN2 | Теги: sms sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 291 2 3 »
0
29 ADMIN   [Материал]
Севгилим умидлар баҳорга ўхшар,
Кўнгил номаълум бир диёрга ўхшар,
Орзулар энг ёмон ағёрга ўхшар,
Ул ағёр орзулар қурбони бўлдим.
Тошқин дарё эдим, қуриди сувим,
Жўшқин ирмоқ эдим, йўқотдим йўлим,
Сел бўлдим, саҳрога сочилиб кетдим,
Ва охир кўлмакка айланиб қолдим.
Водийллардан ошдим, чўллардан ошдим,
Хаёллим учди, манзилга шошдим,
Сени тополмайин, йўлдан адашдим,
Дайди фурсатларнинг маҳзуни бўлдим.
Дедиларки, унут, барчаси кечар,
Кимдир заҳар, кимдир шарбатдан ичар,
Инсон қисматида борини бичар,
Хирмоним шамолга совуриб бўлдим.
Сўзлайверсам, сўз кўп, етмайди замон,
Зиндонларга кирдим, битмади замон,
Унгурларда қолди, кетмади замон,
Дамларнинг оқсочли йўлчиси бўлдим.
Ёшим ўттиз эмас, гўё юз етмиш,
Ақлимни бой бердим, гўё хайф кетмиш,
Йўл юрмайин ҳали, йўлларим битмиш,
Тўбсиз ўпқонларнинг асири бўлдим.
Йилларки, тоғлардан ахтардим сени,
Суқмоқлар йўл бермай, қийнади мени,
Ниҳоят, жасадим кийди кафанни,
Содиқ тўпроқларнинг ғариби бўлдим.

0
28 ADMIN   [Материал]
Dillar gözal islom bilan,
Dillar gözal iymon bilan.
Olloh bergan umrim gözal
Sizdek aziz döstlarim bilan.

0
27 ADMIN   [Материал]
Inson hayoti bilan shahmat o'yini bir-biriga o'hwaw!
Nega? Chunki, shahmat o'ynalgandan so'ng donachalar shahmat doskasiga solinadi!
Odamlar ham o'lib baribir qabrga boriwadi.
Mana qanaqa o'hwawlik

0
26 ADMIN   [Материал]
Sevgimga qasamim ros
suratim bag'ringga bos
sendan bitta iltimos
yuragingga ismimni yoz
Shoxdagi bulbul kabi gul
bilan kóngil kabi
telbaday sevdim sani
yuragingga ismimin yoz

0
25 ADMIN   [Материал]
Loyni qorayotgan anavi kulol,
Qilsaydi aqli ila chuqurroq xayol.
Hech qachon bunchalik tepkilamasdi,
Ota tuprog'idan yasarkan sopol.

Umar Xayyom

0
24 ADMIN   [Материал]
Anushervon bir kuni ov bahonasida aylanib yurar ekan, yong'oq ekayotgan keksa bir cholni ko'rib qolibdi.
— Hoy, otaxon, nima qilayapsiz? — degan ekan, chol:
— Yong'oq ekayapman, — deb javob beribdi. — Yong'oq kech hosilga kiradi. Shunday ekan, u qachon voyaga yetadi-yu, siz qachon uning mevasidan bahramand bo'lasiz?
— Men bu daraxtlarni o'zim uchun emas, orqamda qolayotganlar uchun ekayapman. Chunki boshqalar ekkanini biz yeganimiz kabi, biz ekkan daraxtdan ham bosh qalar bahramand bo'lishadi.
Cholning javobidan nihoyatda ta'sirlangan Anusher-von unga ming tanga in'om qilibdi.
— Siz menga mehnatingning samarasini ko'rasanmi-yo'qmi degan edingiz, — debdi shunda qariya lutf qilib.
— Ko'rib turganingiz kabi, hech kimning daraxti menikichalik tez hosil bermagan.
Anushervon uning topqirligidan xursand boiib, yana ming tanga beribdi.
— Boshqalaming daraxti bir yilda bir marta hosil bersa, podshohi olamning nazari sharofati bilan mening daraxtim ikki marta hosil berdi, — debdi bunga javoban chol.
Cholning donoligiga qoyil qolgan Anushervon yana ming tanga ehson qilibdi.

0
23 ADMIN   [Материал]
Navoiy o'zining eng yaqin shogirdlari qurshovida qandaydir yig'indan qaytib kelayotgan ekan, Husayn Boyqaro saroyining g'alamis a'yonlaridan biriga ro'para kelibdi. Navoiy hamrohlaridan ajralib chiqib, unga ta'zim qilibdi. Shogirdlaridan biri ajablanib:
— Axir, bu odam sizning dushmaningiz ediku, hazratim? — deb so'rabdi.
— To'g'ri, biroq mana shunday dushmanlarim bo'lmaganida edi, men sizlardek do`stlarni topolmagan bo'lardim, — debdi dono ustoz.

0
22 ADMIN   [Материал]
Bir qariya hassaga suyanib borar edi. Yosh yigit uni masxara qilib dedi:
— Bu yoyni qanchaga oldingiz? Joyini ayting, men ham olay.
Qariya javobqildi:
— Agar umr vafo qilib, keksalik nasib etsa, bu yoyni senga tekinga beradilar.

0
21 ADMIN   [Материал]
Luqmoni hakimni bir kishi sotib olib, dargohida xizmat qildirardi va undagi ilmu hikmatni gohi-gohida sinab ko'rardi. Bir kuni imtihon tarzida buyurdi:
— Ey Luqmon, menga bir qo'yni so'yib, eng yaxshi a'zosini olib kelgin.
— Bosh ustiga, — dedi Luqmon va qo'yni so'yib, tili bilan yuragini xojasiga eltdi.
Ancha muddat o'tgandan key in xoja uni yana chaqirib, dedi:
— Ey Luqmon, bir qo'yni so'ygin-da, menga uning eng yomon a'zosini olib kelgin.
Luqmon qo'yni so'yib, yana tili bilan yuragini ko'tarib keldi.
Xoja dedi:
— Nega qo'yning eng yaxshi a'zosini so'rasam ham, eng yomonini so'rasam ham til va yurakni ko'tarib kelding?
Luqmon dedi:
— Ey xoja, agar pok bo'lsa, hech narsa til va yurakdan yaxshi emas. Agar nopok bo'lsa, hech narsa ulardan yomonroq emas.

0
20 ADMIN   [Материал]
Турмуш қурганлардан бири: "Аёлпойабзал кабидир. Эркак киши қачонўзига муносибини топса, ўзгартириб,алиштириш имкони бор", деди.У ерда ҳозир бўлганлар, ўтирганларорасидаги бир ҳаким зотдан: "Ушбуайтилган сўзга фикрингиз қандай?" дебсўрашди.Шунда ҳаким зот: "Бу киши айтган сўзтамомила тўғри.Ўзини оёқ, деб ўйлайдиган кишинингназарида аёл пойабзал кабидир.Аммо ўзини шоҳ, деб биладиганкишининг назарида аёл тож кабидир.Бу гапирган кишини маломат қилманглар.Фақат, у ўз нафсига қандай назарсолишини билдириб қўйсанглар бас", дебайтди.

1-10 11-20 21-29
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz