21:19
Hikoyalar, Voqealar
Hikoyalar, Voqealar
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 6557 | Добавил: ADMIN2 | Теги: sms sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
3 Master   [Материал]
"Yangi rahbarman, ammo..." (Hikoya)

- Yaqinda meni yangi jamoaga rahbar etib tayinlashdi. To'g'risi, oldinlari ham rahbar lavozimida ishlab kelganim uchun "Yangi jamoada mehnat qilish men uchun og'ir bo'lmaydi", deb o'ylagan edim. Lekin yanglishgan ekanman. Bu jamoada ishlaydigan bir ayol, aniqrog'i, kadrlar bo'limi boshlig'i birinchi kelgan kunimdan menga qarshi hatti- harakatlarini boshladi. U ko'p yillik mehnat tajribasiga ega bo'lganligi uchun jamoa ma'lum ma'noda unga bo'ysunardi. Keyin bilsam, aslida, u ayolning maqsadi ham shu jamoaga rahbar bo'lish ekan. Mening bu idoraga rahbar bo'lib tayinlanishim uning orzularini chippakka chiqarganligi bois meni ko'rishga ko'zi yo'q. U ayol o'z ishini juda yaxshi bajaradi, jon-dilidan ishlaydi. Shu sabab men bu ayol bilan bamaslahat ishlamoqchiman. Buning uchun nima qilsam bo'ladi? Vasila Toshkent shahri - Buning uchun ikkala tomon ham ochiq muloqotga kirishishi va o'rtadagi nizoli vaziyatni yotig'i bilan hal qilishlari kerak. Sababi, eng maqbul yechim muhokama qilishdir. Buning uchun uchinchi odam o'rtada tursa, yomon bo'lmaydi. Bu usulning samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs ikkala tomonning ham aybini, ular tomonidan yo'l qo'yilgan xatolarni xolis o'rtaga tashlaydi va eng muhimi, har bir shaxs o'z burch hamda mas'uliyatlarini taroziga solish kerakligi uqtiriladi. Natijada o'rtadagi vaziyat ma'lum ma'noda yumshab, oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati tug'iladi. Ikkala tomon janjallashgandan ko'ra, bir qarorga kelib olishlari eng to'g'ri yo'l ekanligini anglab yetishlari kerak. Shundagina vaziyat o'zgarib, tomonlar yarashib ketishi mumkin. Aytmoqchimizki, o'rni kelganda rahbar psixologiya ilmidan voqif bo'lishi nihoyatda muhim. Yaxshi rahbar, yaxshi psixolog bo'lishi bilan birga, haqiqiy mehnatni qadrlay bilishi ham kerak. Rahbar hech qachon hodimlari bilan nizoli vaziyatlarga bormasligi lozim. Ana shunda u har qanday yomon jamoda ham o'z mavqeini saqlay oladi.

2 Masterad   [Материал]
Bilagimdan ushladi...(Xiyonat qaytmasin)

Bir zargar ayoli bilan kichik hovlida yashar edi. Ularni torgina tomorqasi bo’lib, eri zargarlik do’koniga ketganida, ayoli shu tomorqadagi gullarni sug’orardi, ularni parvarish qilardi. Har kuni uning uyiga suvchi 2 mesh suv olib kelardi.
Kunlarning birida, zargar har doimgidek erta tongdan ishga otlandi va zargarlik do’koniga yo’l oldi. O’sha kuni tush vaqtida uning huzuriga qomati kelishgan, o’ziga qaragan bir ayol keldi va barmog’iga mos uzuk olmoqchiligini bildirdi. Zargar uni barmog’iga uzuk tanlash vaqtida uning oppoq bilagiga ko’ngli sust ketib, bilagidan mahkam ushlab oldi. Ammo "Nima qiganim bu?”, deya qo’lini bo’shatdi.
O’sha kuni kechqurun zargar uyga kelganida, ovqat mahali ayoli sekin gap boshladi:
-Begim, sizga bir gapni aytmasam, vijdon azobi meni tinch qo’ymaydi
- TInchlikmi nima bo’ldi?
- Bugun tush vaqtida suvchi kelgandi, to’sattan mening bilagimdan mahkam ushlab oldi, so’ngra uzr so’rab chiqib ketdi.
Zargar ayolining bu gaplariuni eshitib yuragi titrab ketdi. "Xiyonatning qaytishi shunchalik tez bo’libdi-da?” dedi o’ziga o’zi.
Aziz erkaklar, yigitlar ayolingizga xiyonat qilishingizdan oldin, begona ko’zlarga, nomahramning qomatiga nazar tashlashdan oldin, o’z ayolingizni ko’z o’ngingizdan o’tkazing, shu tobda balki unga ham begona ko’zlar qarayotgandir.

1 XIJRON-MUSIC   [Материал]
O'lim yoqasida turgan xotin eridan so'radi: Mani
vafotimdan keyin qachon uylanasiz?
Er: Sani qabrin qachon qurisa,
o'shanda uylanaman.
Xotin: va'da berasmi?
Er: hm va'da beraman. Biroz vaqtdan keyin
xotini olamdan o'tibti va er xar kuni xotinini
qabriga boribti, lekn qabr aslo
qurimabti. Bu hol
1 yil o'tsayam davom etaveribti.
Eri bir kuni kechqurun xotinini
qabriga borsa u
yog'da xotinini ukasini ko'ribti.
U o'z opasini qabriga suv
quyayotganakan.
Undan nega unaqa qilayaotganini
so'rabti.
Ukasi: man opami vasiyatlarini
bajaryapman, ula
xar kuni qabrimga suv quyib
turishimi iltimoslk
qildilar debti... Ayolni eriga
shunchalik Muxabbati
kuchli bo'lganki . . . Hatto
qabridayam
birovlardan qizg'onganakan...

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz