Главная » 2016 » Октябрь » 21 » Jigarga, buyrakka va qandli diabetda foydali – Grechixa!
13:39
Jigarga, buyrakka va qandli diabetda foydali – Grechixa!
Grechixa – temir moddasiga boyligi bilan boshoqli o‘simliklar orasida chempion hisoblanadi. Tarkibidagi kalsiy, kaliy, fosfor, yod, sink, ftor, vitamin V1, V2, foliy kislotasi, RR va vitamin Ye ayollar organizmi uchun g‘oyat foydalidir. Quyida grechixaning foydali xususiyatlari haqida tanishtiramiz.
 
Grechixadagi uglevodlar sekin so‘rilishi hisobiga to‘qlik hissini paydo qiladi. Parhez tutishni reja qilgan ayollar kechki ovqatga grechixadan taom iste’mol qilishlari mumkin.
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun ham grechixa juda foydali ozuqa hisoblanadi. Ayniqsa, qatiqqa aralashtirilganini kunora iste’mol qilish qonda qand miqdorini pastlatishga yordam beradi.
Nonushataga grechixani sutga aralashtirib, bo‘tqa tayyorlang. Bu yegulik yurak va jigarga foydali bo‘lib, organizmdan ortiqcha xolesterin chiqishini faollashtiradi.
Kamqonlikni davolashda 100 gr grechixani blenderda maydalab, talqon qiling. So‘ng bir kunda 3 mahal yarim piyola sut bilan qabul qiling. Tarkibidagi temir moddasi qonda gemoglobin miqdorining ko‘tarilishiga yordam beradi.
Bavosil yoki vena qon tomirlarining varikoz kengayishi kuzatilganida ham grechixadan taom va yegulik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Buning uchun grechixani tuzsiz suvda qaynatib, so‘ng bir osh qoshiq sariyog‘ bilan dimlab pishirsangiz kifoya. Tarkibidagi rutin moddasi qon tomirlari devorini mustahkamlaydi.
Ateroskleroz bilan xastalanganlar grechixa unidan kisel ichishlari mumkin. Kiselni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq grechixa unini 100 ml suv bilan aralashtirib, olovga qo‘yasiz. Qaynab chiqqach 2-3 daqiqa olovda ushlab turib, so‘ng tindiring. Damlama bir kunda ikki mahal ovqatdan oldin qabul qilinadi.
1 osh qoshiq grechixa qizdirilgan quruq tovada qizartirib, so‘ng blenderda maydalanadi.  Talqon xoliga kelgach, ozroq suv bilan aralashtirib, zuvala hosil qilinadi. Zuvalani frunkulyoz yaralariga qo‘yilsa, yallig‘lanishni oladi.
Halq tabobatida grechixaning qipig‘i ham keng foydalaniladi. Grechixa qipig‘i solingan yostiqchalar bo‘yin osteoxondrozi bilan og‘rigan bemorlar hamda uyqusizlikdan aziyat chekkanlar uchun tavsiya etiladi. Bunda qipiqli yostiqcha ortopedik ta’sir ko‘rsatadi va og‘riqlarni yengillashtiradi. 
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 202 | Добавил: ADMIN2 | Теги: Grechixa | Рейтинг: 0.0/0