21:09
Mobil telefonlar uchun sakkizta maxfiy kod

Maxfiy agentlar, ayg‘oqchilar, razvedka xizmatlari haqidagi filmlar bugungi zamon kinematografining muhim qismini tashkil etadi. Aql bovar qilmas asbob-uskunalar va ayg‘oqchilik gadjetlari bir qarashda shunchaki kinochilarning fantaziyasiga o‘xshaydi, ammo bunday xulosa qilishga shoshilmagan ma’qul. Hatto qo‘lingizdagi telefon ham o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq narsaga qodir.
The Fun mobil telefonlarda qo‘llasa bo‘ladigan sakkizta maxfiy kombinatsiya haqidahikoya qiladi.
*#06#
Bu kombinatsiya yordamida har qanday smartfonning unikal IMEI raqamini bilib olish mumkin.
Kod *#21#
Bu kombinatsiya qo‘ng‘iroqlarning yo‘llanishi (pereadresatsiya) yoqilgan-yoqilmaganini bilishga yordam beradi. Ya’ni kimdir sizning qo‘ng‘iroqlaringiz va SMS-xabarlaringizni olayotgan-olmayotganini tekshirishingiz mumkin.
*#62#
Bu buyruq iPhone o‘chirilgan yoki xizmat doirasidan tashqarida bo‘lganida qo‘ng‘iroqlar qaysi nomerga yo‘llanishini bilish imkonini beradi.
##002#
Bu raqamlar yordamida esa pereadresatsiyani o‘chirish mumkin.
*#30#
Kiruvchi abonent raqamini aniqlash haqida axborot taqdim etadi.
*#33#
Chiquvchi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarning bloklanishi haqidagi axborotni ko‘rsatadi.
*#43#
Kutilayotgan qo‘ng‘iroqlar haqida ma’lumotni chiqarib beradi.
*777#
Operatorga qarab, balans yoki operator axborot menyusini chiqarib beradi.
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 8291 | Добавил: ADMIN2 | Теги: telifondagi muammolar, maslaxat, kod | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 djdiyorN1   [Материал]
Zur,adminstratorlarga kotta rahmat wundo foydali kodlani saytga yuklaganlari ucun!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz