Главная » 2016 » Июнь » 13 » Parollangan Fleshka (Chip) ni ochishning oddiy usuli
15:10
Parollangan Fleshka (Chip) ni ochishning oddiy usuli



Ko'pchilik Fleshka yoki Chipdagi ma'lumotlarini saqlash maqsadida uni himoyalash uchun unga parol o'rnatadi. Lekin shunday holat ro'y beradiki, ba'zida o'sha parolni unutib qo'yishimiz tabiiy hol. Parolni qanday yo'q qilishimiz mumkin. Buni sizlarga o'zim o'rgataman. Fleshka (Chip)ning o'zida biror muammo bo'lmay, faqat parollangan bo'lsa ochish mumkin. Boshqa sabab, ya'ni Fleshka yaxshimasligidan bo'lsa, fleshkani tashlab yuborgan maqul. Parolni ochish uchun bizga oddiygina Nokia smartfoni kerak bo'ladi. (masalan: Nokia C5-00, E51, E52, 6120, 6110, 6220 va yana shunga o'xshash klaviaturali smartfon). Parollangan fleshkani smartfonga solamiz. OS 9.2 sistemalarda alohida карта памяти ilovasi mavjud. Shu yerdan kirsa ham bo'ladi. OS 9.3 sistemalarda esa Диспетчер файлов ilovasidan Карта памятиga tushasiz. Har ikki sistema holatida men aytgan joyga kirasiz. - Функции bosasiz - Функция карта памяти ga kirasiz - Форматировать ga bosasiz. Hullas fleshka Форматировать qilingandan so'ng, yana ishlay boshlaydi. Smartfonning afzalligi Форматировать vaqtida umuman parolni kiritishni so'ramaydi. Nokia S40 telefonlarida esa Форматировать vaqtida parolni kiritishni so'raydi. Hullas shunday qilib Fleshkangiz yana ishlayveradi. Eslatma: Fleshka (Chip) Форматировать qilinganidan so'ng ichida hech qanday ma'lumot qolmaydi. Kerakli zarur ma'lumotlaringizni qaytarish kerak bo'lsa, kompyuterda Recover My Files dasturi orqali qaytarishingiz mumkin. Lekin 100% emas! 
Прикрепления: Картинка 1 · Картинка 2
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 2525 | Добавил: AdminoFF | Теги: Fleshka | Рейтинг: 0.0/0