Главная » 2016 » Май » 29 » Pishirilgan taomlarni mazaliroq qilish uchun sabzavotli g’oyalar
21:01
Pishirilgan taomlarni mazaliroq qilish uchun sabzavotli g’oyalar



Tayyor taom va mahsulotlar sabzavotlar, muzlatilgan no’xatlar va pomidor bo’laklarini qo’shish orqali yanada mazali qilinishi mumkin. Agarda muzlatilgan baliq bo’laklarini taqdim etayotgan bo’lsangiz ularni muzlatilgan no’xat yoki makka jo’xori bilan birga taqdim eting.
 
Quyida tayyor taomlarni bezash bo’yicha g’oyalar:
 
Pitsa ustiga konservalangan pomidorni elakda o’tkazilganini (eng yaxshisi agarda u giyohlar, ziravorlar qo’shilgan va sarimsoqli bo’lsa) va muzlatilgan sabzavotlar masalan maydalangan ismaloq, brokkoli, no’xat va makkajo’xorilarni qo’yishingiz mumkin. Ularni ustiga non uvoqlari yoki pishloq seping.
Muzlatilgan lazanya ustiga pomidor yoki yosh qovoq bo’laklarini qo’yishingiz mumkin. Ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan parmesan seping va taomni pishiring. Taomni salatlar bilan taqdim eting.
Tayyor Meksika taomi joyida tayyorlangan bir zumlik salsa bilan taqdim etilishi mumkin. Pomidor, bodring, piyoz va biroz seldrni to’rtburchak shaklida to’g’rang. Ularni aralashtirib biroz tuz va murch qo’shing. Yangi uzilgan achchiq qalampirni to’rtburchak shaklida to’g’rang va maydalangan yangi kashnichni qo’shing.
Muzlatilgan pirog ustiga bir qator sabzavotlar terib isiguncha va sabzavotlar yumshaguncha pishirgani yaxshi. Qo’ziqorinni, pomidorni, kichik qovoqni yupqa, turli rangdagi bulg’or qalampiri somoncha shaklida to’g’rashni tavsiya etamiz.
Tortilla yoki blinchikni  ichini muzlatilgan maydalangan ismaloq bilan to’ldirishingiz mumkin; siz uni eritishingiz shart emas, siz kam yog’li pishloq va maydalangan ko’k piyoz bilan ismaloqdan foydalanishingiz mumkin. Uni olovga chidamli idishga soling, 1-2 konserva maydalangan ko’kat qo’shilgan pomidor qo’shing, ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq sepib uni pishiring.
Hind taomlariga kelsak, siz raitaga o’xshash salat tayyorlashingiz mumkin. Siz to’rtburchak shaklida to’g’ralgan bodringni maydalangan yashil piyoz, qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi va maydalangan kress-salat barglari yoki kashnichni kam yog’li tabiiy yogurt bilan aralashtiring. Maydalangan yangi yalpiz va ozgina qalampir kukunini seping.
Xitoy taomlaridan oddiy sharqona salatni tavsiya etamiz. Loviya nihollarini maydalangan yashil piyoz, konservalangan bambuk nihollari va kesilgan suv yong’ogi bilan aralashtiring. Ushbu salatni Xitoy karam barglari ustiga qo’yib ustiga kunjut yog’i va soya sousi sepib taqdim eting
dietetika, ovqatlanish, Pishirish, Qiziqarli ma'lumotlar, reseptla
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 743 | Добавил: AdminoFF | Теги: sabzavodlar, mazzali | Рейтинг: 0.0/0