Главная » 2016 » Июнь » 13 » QATLAMA HAMIRDAN PISHIRIQ TAYYORLASH
14:50
QATLAMA HAMIRDAN PISHIRIQ TAYYORLASH



 

MASALLIQLAR:

500 gr saryog’ yoki margarin(hona haroratida yumshagan)

1 st so’vuq suv

3st un

2 choy qoshiq razrexlitel

2 osh qoshiq shakar

chimdim tuz

TAYYORLASH:

1. Idishga 50 gr saryog’ yoki margarin va qolgan barcha masalliqlar ketma-ket solinib qo’lga yopishmaydiga hamir qoriladi va 20 daqiqa muzlatgichda tindiriladi.

2. Tingan hamir to’rtburchak shaklda 1 cm qalinlikda yoyiladi. Hamir ustiga hona haroratida erigan 450 gr saryog’ yoki margarin surtiladi. Hamirning ikki tarafini markazga qaratib yopiladi va uzunasiga ham 2 marotaba buklanadi. (jami 4 marotaba) Hamir 30 daqiqa muzlargichda  tindiriladi. Tingan hamir yana bir bor yoyilib 4 marotaba buklanadi va  bu safar 2 soatga muzlatgichda tindiriladi.

IMG_2655 copy  IMG_2657 copy

3. Tingan hamir 2 bo’lakga bo’linadi. Hamirning 1-bo’lagi 0,5 cm qalinlikda yoyiladi. O’rtacha kattalikdagi 20ta to’rtburchak bo’laklar kesiladi.

4. Har bir bo’lak markaziga ta’bga ko’ra nachinka solinadi va hamir bo’lakchalari uchburchak shaklda yopiladi.  Yog’langan listga pishiriqlar  terilib ustiga tuxum surtiladi. Qizigan duxovka 350F/180C da 25-30 daqiqa pishiriladi. 2-hamir bo’lagi ham huddi shu tariga pishiriladi.

IMG_2667 copy IMG_2668 copy

Bu pishiriq uchun: cream cheese, shokolad, jem, tvorog ,shirin kartoshka/ kartoshka puyre, qiymali nachinka, yoki o’zingiz istagan nachinkadan foydalanishingiz mumkin.

QATLAMA HAMIRDAN AJOYIB PISHIRIQ TAYYOR. YOQIMLI ISHTAHA.

Albatta tayyorlab ko’ring! Ta’mi o’zgacha ma’zali.

IMG_2669 copy

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1258 | Добавил: AdminoFF | Теги: pishiriqlar | Рейтинг: 0.0/0