Главная » 2016 » Июль » 30 » «Sanam» shirinligi Nonushta uchun ayni muddao!
10:46
«Sanam» shirinligi Nonushta uchun ayni muddao!




Zarur masalliqlar: 400–500 gr. un, 200 gr. margarin, 2 dona tuxum, 0,5 st.dan shakar va mayonez, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich. Ichiga solishga: 300 gr. muzlatilgan qulupnay, 200 gr. quruq tvorog, yarim st. shakar. Bezak uchun: qand upasi.

Tayyorlanishi: 1. Qirg’ichdan chiqarilgan margarinni 2 stakan un bilan uvalang. Shakarni qo’shing. 1 stakani miqdoridagi aralashmani olib qo’ying. So’ng tuxum, mayonez, xamiryumshatgich va un bilan xamir tayyorlang.

2. Alohida idishda tvorogni qulupnay va shakar bilan aralashtiring.

3. Xamirni gaz pechi patnisiga yoyib, qulupnayli massani soling. Ustidan un va shakar aralashmasini seping. Shirinlik qizdirilgan gaz pechida 170 daraja haroratda 35 daqiqa davomida pishiriladi.

4. Tayyor bo’lgach, biroz sovutib, so’ng qand upasi bilan bezating. Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 978 | Добавил: AdminoFF | Теги: nonushta | Рейтинг: 0.0/0