Главная » 2016 » Июнь » 13 » SHIRIN KARTOSHKALI (sweet potato) PIROG
14:42
SHIRIN KARTOSHKALI (sweet potato) PIROG



2 o’rtacha kattalikdagi pirog uchun
MASALLIQLAR:
250 gr margarin
0,5 st muzdek suv
1osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
2,5 st un
4 ta shirin kartoshka
TAYYORLASH:
1. Shirin kartoshkalarni suvda 30-35 daqiqa qaynatilib pishirib olinadi. Pishganidan so’ng po’stlari archilib pyure tayyorlaniladi. (Tuz va ziravorlar solish shart emas)
2. 250 gr margarin qirg’ichdan chiqarilib 1st un bilan uqalanadi, muzdek suv, shakar, tuz solinib unning qolgan qismi (1,5st) oz-ozdan solinib qo’lga yopishmaydigan hamir qoriladi. 3. Hamir 30 daqiqa tindiriladi. Hamir tindandan so’ng 2 bo’lakga bo’linadi va birinchi bo’ladi pirog idishning kattaligi ko’ra yoyiladi va pirog idishga yoyiladi. Hamir chetlari jimjima qilinadi va kartoshka pyurening yarmini hamir ustiga yoyiladi.
4. Hamir bo’lakchalari tasma qilinib kesilib, kartoshka pyure ustidan bezatilinadi va tuxum surtiladi. Hamirning 2-bo’lagi ham huddi shu tariqa pishirilib olinadi. 35-40 daqiqa yoki hamir qizg’ish rang olguncha o’rta olovda pishiriladi.

SHIRIN KARTOSHKALI PIROG TAYYOR. YOQIMLI ISHTAHA
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 832 | Добавил: AdminoFF | Теги: pishiriqlar | Рейтинг: 0.0/0