Главная » 2016 » Май » 29 » Siz grilda pishirilgan taom salomatligingiz uchun zaralri deb oylaganmidingiz?
20:52
Siz grilda pishirilgan taom salomatligingiz uchun zaralri deb oylaganmidingiz?



Grilda pishirish

Biz grilda pishirish foydali emasligini ko’plab eshitamiz. Biroq, to’g’ri qoidalarga amal qilinganda, ushbu turdagi taomning ko’plab foydali tomonlari mavjud. Grilda pishirishning yaxshi tarafi qo’shimcha yog’ qo’shish talab etmasligi. Sabzavot va go’shtlarni grilda pishish vaqti juda qisqa bo’lib qimmatli mineral va vitaminlar yo’qotilishini oldini oladi. Yana grilda pishirishdan avval mahsulotlaringizni marinadlaganingiz ma’qul. Grilda pishirish quyidagi maslahatlar yordamida xavfsizdir. Panjarani yaxshilab tozalash juda muhimdir. Yongan yog’lar va avvalgi mahsulotlar qoldig’i zaharli moddalar manbaidir. Grilda nimani va qanday yoqish ham juda muhimdir. Olov barcha yerda barovar bo’lishi lozim. Siz yana maxsus yog’ochlardan tayyorlangan ko’mirdan foydalanishingiz kerak.

Qizartirib pishirish

Qizartirish duxovqada qizdirishdan boshqa narsa emas. U odatda 160-250°C haroratda amalga oshiriladi. Kerakli haroratni tanlash masalliqqa bog’liq bo’lib tayyor mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillardan biridir. Yaxshi qizartirish taom turiga ko’ra bir necha daqiqadan tortib 3-4 soatgacha davom etadi. Baland olov mahsulotdagi kraxmal va oqsillarni yaxshi hazm bo’lishiga olib keladi. Taomning ustki qismida (yuqori harorat ta’siri ostidagi) noyob ta’m va hid birlashmasi paydo bo’ladi. Ushbu moddalarni ko’p miqdordagi iste’moli saraton va ko’plab kasalliklarga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda qizartirib pishirish davomida kuydirib yubormaslikka e’tibor berishimiz kerak.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 363 | Добавил: AdminoFF | Теги: Pishirish, Gril | Рейтинг: 0.0/0