Главная » 2016 » Июнь » 13 » Smartfon suvga tushib ketganida nima qilish kerak?
15:00
Smartfon suvga tushib ketganida nima qilish kerak?



Smartfonimiz, hozirgi kunda eng "kerakli" narsamiz. Agar unga suv tushib ketsa, undan ayrilishimiz aniq. Ammo, bir qancha choralarni ko'rish mumkin! Bugun saytimizdada smartfonimizni suvdan qanday tozalash bo'yicha maslahatlar beramiz, marhamat!   

Batareyani olib qo'ying yoki smartfonni o'chiring 

Eng birinchi qilinishi kerak bo'lgan ish — smartfonni energiya bilan ta'minlovchi har qanday manbadan uzib tashlash. Suvning o'zi smartfonga zarar keltirmaydi, ammo suv kirishi natijasida sodir bo'ladigan qisqa tutashuv uning mikrosxemasiga zarar keltirishi va telefonni yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Agar smartfonning batareyasini olish imkoni bo'lsa, birinchi bo'lib uni sug'urib tashlang. Mabodo bunday imkoniyat bo'lmasa apparatni batamom o'chirib tashlang. 

Barcha qismlarini yechib oling 
Smartfonning barcha qismlarini yechishga to'g'ri keladi. Undan SIM-kartani, xotira kartasini, agar imkoni bo'lsa matritsa platasini ham yechib oling. Shleyflarni ulangan yeridan uzib tashlang. Quriting  Telefon ichiga kirgan suyuqlik yopishqoq (masalan, shirin choy, gazli ichimlik, kefir kabi) yoki yog'li bo'lsa (masalan, sho'rva, yog' bo'lsa) avvalo, uni suv bilan yuvib tashlash lozim bo'ladi. Quritish jarayonini ikki xil usulda amalga oshirsa bo'ladi. Birinchi usul: uni quritishda changyutgichdan foydalaning. Ammo fendan emas. Chunki fen smartfonning sezgi kuchli qismlariga, masalan dinamikasiga, mikrafoniga va ekraniga zarar keltiradi. To'planib qolgan suv to'kib tashlanadi va changyutgichda 5-10 daqiqa quritiladi. Ikkinchi quritish usuli biroz ko'proq vaqt oladi. Guruch yoki oqshoq biror-bir idishga solinib, unga yechib olingan smartfon qismlari aralashtirib qo'yiladi. Bir-ikki kundan so'ng ular olinib, yig'ib chiqiladi. Ishlab ketishiga kafolat bo'lmasada, har holda umid qilsa bo'ladi. :) Suvdan tozalashning yanada tez usuli, yechib olingan iqsmlarni toza spirtga bir kun davomida solib qo'yish kerak. Suv spirtga aralashib ketadi. Spirtning o'zi esa havoda parlanib ketadi. Ammo unutmaslik kerakki, ekran, dinamika hamda mikrafonni hech qanday suyuqlikka, jumladan, spirtga ham solib bo'lmaydi. Endi nohush vaziyatga tushib qolganingizda nima qilishni bilasiz! ;)
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 2203 | Добавил: AdminoFF | Теги: smartfon | Рейтинг: 0.0/0