21:16
SMS Do'stlik
SMS Do'stlik 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 5221 | Добавил: ADMIN2 | Теги: sms sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 201 2 »
20 Master   [Материал]
Дўстлар – нақл нима, айтинг нима у,
Иймони бутунлар билади ҳақни,
Ҳаёт – бу китобдир кўнгилга кўзгу,
Донолар излайди нақлдан бахтни.
Дўстлар – ақл нима, айтинг нима у,
Илм ёритгайдир қаро зулматни,
Ҳар дойим ниятни қилсангиз эзгу,
Буюклардек топсак ақлдан бахтни.
Дўстлар – фикр нима, айтинг нима у,
Дардингизни айтинг бермай фурсатни,
Ижодкорга қизиқ ҳар битта мавзу,
Изласанг арзийди фикрдан бахтни.
Дўстлар – куфр нима, айтинг нима у,
Сўқирдек эшигин ёпманг жаннатни,
Атайин кўз юмиб ичмангиз оғу,
Асло тополмайсиз куфрдан бахтни.
Дўстлар – узр нима, айтинг нима у,
Не учун яшаймиз кутиб шавқатни,
Ёки сизни биров қилганми жоду,
Кутманг, ҳеч бесабаб узрдан бахтни.
Дўстлар – аср нима, айтинг нима у,
Хар бири бошлайди битта кулфатни,
Янги асримизда бўлмасин қўрқув,
Ўзбекистон топсин асрдан бахтни.
Дўстлар – давр нима, айтинг нима у,
Ким ўйлаб топдийкин, бу сиёсатни,
Эртамиз шу юртнинг келажаги- ку,
Яхши одам топсин даврдан бахтни.
Дўстлар – фасл нима, айтинг нима у,
Қишда ҳам йўқотманг баҳорий дардни,
Юрак тоза бўлса, кўзларда кулгу,
Кексалар хам топар фаслдан бахтни.
Дўстлар – Хизр ким у, айтинглар ким у,
Ёддан чиқарманг ҳеч бу ҳақиқатни,
Учраган инсонга қўл узатинг-у,
Қувонинг топгандек Хизрдан бахтни.
Дўстлар – кўнгил нима, айтинг нима у,
Осмонга кўтарди оддий Аҳадни,
Унга ҳасрат эмас, керакдир севги,
Азизларим топинг кўнгилдан бахтни.

0
19 ADMIN   [Материал]
Dunyo ko'zlaringa tor
bo'lar bir kun.
Sochlaring oqarib qor
bo'lar bir kun. Sevgi bu
tabarruk qalb mexmonidir.
Uni xo'rlaganlar xor
bo'lar bir kun. BAXTini
qidirib baxt topolmaydi.
Taxtini qidirib taxt
topolmaydi. Sevgini
qadrini toptab yurganlar.
Bir intiq
nigohga zor bo'lar bir
kun.

0
18 ADMIN   [Материал]
YAXSHIMI, YOMONMI BARIBIR TAQDIR,
JANNATMI, DO'ZAXMI BORLIGI XAQDIR.
DUNYODA MUXUMDIR BITTA XAQIQAT,
SIZDEK DO'STIMNING BORLIGI XAQDIR.

0
17 ADMIN   [Материал]
Siz tomchisiz ko'zimda turgan...!
Siz yuraksiz ko'ksimda urgan...!
Siz o'shasiz tushimga kirgan...!
Siz baxtimsiz Allohim bergan...!

0
16 ADMIN   [Материал]
O’sha – meni hech kim sog’inmagan shom,
Avto bekatida hayrona turdim.
Boshimni ko’tarib boqdim bir zamon,
Qarshimda bir yigit, bir qizni ko’rdim.

Yigitning paltosi... Yo’q, yodimda yo’q...
Aniq, ko’m-ko’k edi qizning paltosi.
Bellarini quchgan belbog’i ham ko’k,
Hatto ko’m-ko’k edi to’rtta tugmasi...

Yigitning ko’zlari... Eslay olmayman...
Oshkor jaranglatib pinhon o’yini,
Qizning ko’zlarida yoqardi gulxan,
Erkalik va ishqning ma’sum quyuni...

Yigitning yuzida bilmayman, nima...
Ammo qizning yuzi qarshimda ayon:
Uni ko’mgan edi gulgun shafaqqa,
Muhabbat – eng moviy pokiza osmon...

Qor bo’lsa yog’ardi, qizning boshidan,
Kumush tangalarni ayamay sochib.
Shamol titar edi – ko’zi, qoshiga,
Manglayiga tushgan bir tutam sochin.

Yigit... Yigit bilan qancha ishim bor!
Ammo qiz yigitni shunday suyardi –
Ki, goh termulardi hazin, beozor,
Goho qo’llarini ushlab qo’yardi.

Toshkentday shaharda, balki dunyoda,
Yagona – hammadan go’zal edi qiz.
Chiqmasa ham telba orzum ro’yobga,
Bo’zlab qarshisiga cho’kkim keldi tiz!

Yigit... Ammo seni nega o’ylayman,
Hozir ham havasdan muzlaydi etim...
Men qorli bekatda vayron turgan shom,
Sen mendan - hammadan baxtiyor eding !

0
15 ADMIN   [Материал]
Yangi do'st topganingda, eskisini unutma,
Sinalmagan kishining etagidan ko'p
tutma.
Kimdir sening qalbing-la, o'ynashsayu hor
qilsa,
Unday do'stni unut, ko'p kutmagin ko'p
kutma,
Yangi do'st topganingda, eskisini unutma!

0
14 ADMIN   [Материал]
Do'st bo'lmoq taklifin sizga yuborsam,
Dardlariz g'amlariz faqat men olsam,
Ko'zlariz bir zumga namlanganda ham,
Yonizda men bo'lib yoshlariz artsam...

0
13 ADMIN   [Материал]
Sen do'stmisan!
Qandayin do'stsan?
Dil bayotim yovga sotguvchi.
Hiyonatda allalab meni,
Qadrlarim o'tga otguvchi.
Kechagina qanchalar shodon, Bir mayizni teng bo'lib yerdik.
Hayotning goh og'riq yo'lida,
Baht izlabon, sabrni terdik.
Nigohlarda hiyonat nozi,
Yurak yetar yolg'onni totma!
Do'stim qadrim pulla,men rozi Lek do'stlikni hurmatin sotma!
Sen shundaysan,
Shundaysan hamon.
Sirim olib, zimdan sotguvchi.
So'ng ko'zimga mehrla boqib,
Yolg'iz ko'nglim ko'nglin topguvchi.

0
12 ADMIN   [Материал]
Ichimga ham sig'masa dardim,
Yo... bu dunyo sinasa sabrim..!
Yaqinlarim bilmasa qadrim,
Menga sodiq sirdosh bo'l do'stim!
Sen kabi yo'q, menga yaqinim!
Ko'rolmaydi goh og'a-inim!
Dunyolarga sig'magan kunim...
Menga dildan dildosh bo'l do'stim!
Omad qushi, yiroqqa uchsa...
Ulfatlarim yonimdan qochsa...
Og'ir tashvish yilkamga tushsa..
Menga sen yilkadosh bo'l do'stim!
Shod kunimda, g'amgin kunimda...
Suyangayman xasta onimda..!
Ko'nglim to'qdir bo'lsang yonimda!
Menga, doim darddosh bo'ldo'stim!
Yolg'on emas, rost bo'lgin menga.
To qiyomat, do'st bo'lgin menga!
Qayda bo'lmay muhtojman senga.
Menga hardam yo'ldosh bo'ldo'stim!

0
11 ADMIN   [Материал]
Bir do'stim bor jondan ham aziz,
Yuzi doim kulib turadi
unga hamma havasla boqar.
Uni shodlik yaxshi ko'radi,
Bir do'stim bor qalblari otash.
Muxabbatga to'lib yuradi.
Hayirli lag'zasi doim baxtiyor,
Uni baxt ham yaxshi ko'radi.
Bir do'stim bor orzulari ko'p,
Orzusiga albat yetadi,
Chunki unga doim madatkor,
Omad uni yaxshi ko'radi
do'slari ko'p atrofida jam,
suxbatiga shoshib yuradi.
Bir men desam mendan-da o'tib
hayot uni yaxshi ko'radi.

1-10 11-20
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz