21:18
SMS Yangi yil
SMS Yangi yil 
Категория: SMS Sherlar | Просмотров: 3840 | Добавил: ADMIN2 | Теги: sms sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 6
0
6 ADMIN   [Материал]
Qizning kundaligi: Gözal bahor kunlarining birida shunchaki tasodif tufayli uni uchratdim. Qölimdagi kitobni varaqlab ketarkanman bir jumlani öqib qoldim: U bir lahzada keladi va uning sevgisi dunyoingizni gullarga töldiradi. Hayol b-n bir yigitga urilib ketdim. Unga qaradim. Közlari juda özgacha, xuddi nimadir aytmoqchidek mungli. Uzr söradi. Hechqisi yöqdedim. U yölida davom etdi. Uning boqiwi esa keyingi bir necha kunda hayolimdan ketmadi. Keyingi kunlar yöllarimiz yana tutawaverdi. Birkun uchrashib qolganimizda ilk marta jilmayganini kördim. Judayarawarkan öziga. Yuragim g'alati urardi uni körganimda. Faqat uni öylaydigan bölib qolgandim. Uni kutib yawardim.Öwa kuni u yonimga keldi. Kuzatib qöyiwni taklif qildi. Beixtiyor rozi böldim. Birga ketarkanmiz uning fikrlaridan zavqlanardim. Oxiri meni yoqtirib qolganini aytdi. Javob bermadim... Keyingi kunlar xuddi ertakdagidek ötardi. Men ham sevib qolgandim. Har kuni soatlab vaqtimizni birga ötkazardik. U meni quchib qulog'imga har safar bir gapni aytardi: Hayotimning har bir lahzasi sen borliging u-n chiroyliötyapti. Men baxtdan mast edim. Jonimdan ortiq sevib qolgandim uni. Yarim yil wunday ötdi. Hayotimning eng baxtli yarim yili. Keyin u borgan sari uchrawuvlarga kam keladigan bölib qoldi. Oxirgi kunkeldida közlarimga tikildi. Meni uzoq bag'riga bosib turdi. Keyin quloqlarimga sönggi bor wivirladi: Seni ölgudek sevaman. Keyin uni qaytib körmadim. Menga xat keltirib beriwdi. U meni unut deb yozibdi. Atiga 2 söz. U b-n ötganwuncha vaqtim, sevgim haqqi atiga 2 söz bölibdi. Töyib-töyib yig'ladim. Undan nafratlandim. Uning sevgisi xuddi bahor kabi dunyoimni gullarga töldiradi degandim. Lekin öshanda bahorning-da ötkinchi ekanliginihayolimga ham keltirmagan ekanman. * Yigitning kundaligi: Tongda uyg'ondim. Bowim yorilay derdi. Arang vannaga kirib yuzimni yuvdim. Oynaga qaradim. Burnimdan qon oqardi. Yiqildim, özimga kelganimda vannada yotardim. Menga nimadir bölgandi. Analiz topshirdim. Keyin javobi chiqdi...Yöq, albatta ölishni istamasdim.Gözal bahor kunlarining birida bu bahor men u-n sönggisi ekanligi haqida öylab borardim.Keyin unga urilib ketdim. Fariwta bölsa kerak u. Men esa bölajak murda edim. Juda dahwat bölarkan bu haqda öylaw. Keyin uni yana uchratdim. Negadir uni sog'inaverardim. Kuzatib yurdim. Uni sevib qolgandim. Lekin sevgi tirik insonlar u-n. U ham menga bog'lanib qolishini istamasdim. Baribir irodam yetmadi. Men ölimim yaqinligi haqida unutdim. Bir lahza bölsada, u b-n hayotimni chiroyli ötkaziwni istadim. Ha, bir lahzagina... Keyin mayli ölaveraman. Faqat ölayotganimni u hech qachon bilmasligi kerak edi, hech qachon. Axir u fariwta edi, men esa bölajak murda.. Daqiqalar ayovsiz tez ötardi. Fursatim tugab borardi. U esa meni sevibqoldi. Afsuski.. Böldi hammasini töxtatiw kerak. Seni ölgudek sevaman, fariwtam. Lekin, kechir menga imkon beriwmadi.. * Onaning kundaligi: Kechir qizim, ög'lim xat yozishga ham ulgurmadi. Doktorlar ham ulgurmadi. Yozgani wu böldi: Meni unut..

0
5 ADMIN   [Материал]
angi Yilda yaxshi tilak bildirmoq odat,
Yili bo'y boshingizga yog'sin shafoat,
Tark etmasin "o'n ikki oy" baxtu saodat,
Tark etmasin "ellik ikki hafta" xalovat!
Ishq o'tida "sakkiz mingu yetti yuz soat",
"Uch yuz oltmish besh kun" ko'ring rohat-farog'at,
Kulib "besh million ikki yuz ming soniya" omad,
Yaratganning panohida yuring salomat !!

0
4 ADMIN   [Материал]
Yangi yil kechasi ballada
Eshiging ochildi,
Chehrangda yog'du.
Lablaringga xiyol tabassum indi.
O'sha yigirma yil avvalgi tuyg'u-
Bir lahza yurakning urushi tindi...

Qoshlaring yoyini tortdi taajjub,
Shunchalar charaqlab boqdi qaroqlar.
Ichkari Yangi Yil- archangda ajib,
Turli nurlar sochib yonar chiroqlar...

Hayrating kimnidir yodingga solar,
Meni tanimaysan... Bu- men Qorbobo!
Bahorni uyg'otib esganday bo'lar,
O'sha, yigirma yil avvalgi sabo...

Qo'llaring qaltiray boshlaydi bexos,
Eshikka suyanib turadi hasrat...
Qarshingda mung'ayib boqadi besas
O'sha yigirma yil avvalgi qismat.

Sovuq. Tashqarida qorning quyuni,
Ko'cha chiroqlari porlar- qahrabo...
Qismat bo'ronida daydib uyingni
Yigirma yil o'tgach topdi Qorbobo...

O'g'ling shodliklari sig'mas dunyoga-
Qorbobo! Qopida sovg'alari mo'l.
Deyman: "Muz tog'lardan o'tdim piyoda,
Mana, yigirma yil yurib keldim yo'l..."

Dasturxoni- qadahlar terilgan bayram,
Ularda may kabi to'lgim keladi.
Hamma narsa go'zal...Botartib biram,
Archangga yurakni ilgim keladi.

Qo'lingdan jaranglab tushadi qadah,
Sindi oshkor etib qayg'uli sirni.
Devorga bosh qo'yib tinglasan nogoh,
O'sha yigirma yil avvalgi she'rni:

"Yulduzlar porlagan shu osmon haqqi,
Ona zamin haqqi qasam ichaman:
Sen mening qalbimda bir uzing balqi
Istasang she'rimdan
men voz kechaman!.."

...Xayr!
Nigohlari qismatday qora...
Hamma narsa go'zal- dasturxon, bayram...
Men chiqib ketaman bo'ronlar aro
Kechalar boshimdan yog'ar oppoq g'am.

O'g'ling ma'yus tortar,
Savollar berar:
-Oyi, yig'laganday bo'ldi, ajabo?
Uzoq o'tirmadi qayerga borar,
Qopini qoldirib ketdi Qorbobo?..

Sovuq...Muz kechalar ayoz q'ynida,
Ko'chalar chirog'i porlar- qahrabo.
Tentirab yuradi qor quyunida
Qayga borishini bilmas Qorbobo...

0
3 ADMIN   [Материал]
Bahtni
Alloh beradi,
Omad özi keladi.
Mustahkam oilada,
Doim bayram böladi...
Yangi yil qutlug' bölsin,
Qalbiz nurlarga tölsin,
Dostonga tabrik aylab..
Quvonchga dillar tölsin,
Ota-onez baxtiga,
Doim yuring sog'-omon.
2015da boshingiz bölsin
omon...!
Hurmat ila:
Dostonbek_N

0
2 ADMIN   [Материал]
Bugun quvonchli kun
Yangi yil kirib keldi
Qalblar yonar chiroq bolib
Yurak urat bayramdek
Hamma kular shoh shodon
Yangi yil keldi ishon

0
1 ADMIN   [Материал]
Yangi yil kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz