17:37
Tushda Vino ko'rsa

Vino alomati. Osuda hayot, xo'jalik, xotirjamlik, illat. Tushda boshqa oziq-ovqatlar bilan birga vino va uning yonida qurol yotganligini ko'rish - bu mamlakatda ajdodlar an'anasi - mexmondo'stlik ravnaq topib turarkan, tinchlik ham barqaror bo'lib turish alomatidir. Yaltiroq bokalda och pushtirang vinoni tush ko'rish - rasmiy xizmat xodimlari tomonidan ruxsat berilgan va hech kim shubxalanmasligi uchun tanish kishilar tomonidan uyushtirilgan yomonlik, aldov, zaharlab o'ldirishni bildiradi. Bunda, ayniqsa, o'ziga qarama-qarshi jinsdagi kishi bilan bo'ladigan "yoqimli" tanishuvdan extiyot bo'lish kerak. O'lkan toklarni va malla sochli baquvvat erkaklar tomonidan vino tayyorlanayotganligini tushda ko'rish - Germaniya bilan qon-qarindoshlik aloqasi borligini va ushbu tarixiy mamlakatga ketish imkoniyati mavjudligini, u yer da omad va eson-omonlik, moddiy serobgarchilik va mahalliy an'analarga rioya qilishlar ravnaq topishi kutayotganligidan dalolat beradi. Vino to'ldirilgan qadimiy katta ko'zalar tushga kirsa - tez orada sizning ongingiz va qalbingizni egallab oladigan masalani hal etishingizdan ko'ra muhimroq xislat haqida bosh qotirishingazga to'g'ri keladi, biroq, bu bor-yug'i o'tgan avlodlaringiz vakillari bilan aloqa o'rnatishingiz va shajarangiz haqida ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiradi. Vinodan zaharlangan kishni tushda ko'rish, bu sizga shu kishi omad olib kelishi alomatidir. 2001 yildan boshlab tasodifiy baxt serobgarchiligiga tayyor turing. Vino daryo bo'lib oqayotgani va undan yovvoyi hamda uy hayvonlari ichib daryo qirg'og'ida kuchsizlanib yiqilayotganliklari tushda ko'rinsa, bu yoz mavsumida tadbirkorlik uchun har zamonda keladigan eng qulay payt alomatidir, chunki turli toifadagi kishilar tinchliksevarlik kayfiyatida bo'ladilar va o'zaro kelishib qarorlarini qabul qiladilar. Agar tushingizda oltin idishda vino ichayotgan bo'lsangiz, o'ngingizda o'zingizning xom xayollaringizga berilib ketib, haqiqiy dunyodagi aloqalaringizni yo'qotasiz. Tushingizda vinoni kiyimingizga t'okib yuborsangiz - o'ngda sizning moddiy farovonligingazga bog'liq bo'ltan kishiga nisbatan munosabatlaringizda aks etadigan uylamagan qarorga kelasiz. Agar vinoga chukib ketayotgan bo'lsangaz, bu majbo'riy yolg'izlikni ayon etuvchi tushdir. Tushingizda sizni vino bilan siylashayotganini ko'rsangiz - sizga faqat ziyon kelishi belgisidir va sizga yomonlik solishuvchilarga muvaffaqiyatsizligingizdan xursand bo'lishlari uchun sabab bo'ladi.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2394 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz