“101-reys” filmi rejissori: O‘zbekistonda bitta ham montaj rejissori yo‘q

“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyusser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi.

Film rejissori Akrom Shaxnazarov hamda film prodyuseri Ravshan Norbayev tayyorgarlik jarayonlari oldidan jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi.

Film rejissori hamda prodyuseri “101-reys” filmi uchun chet eldan jalb qilinayotgan mutaxassislar haqida gapirib berdi.

Biz “101-reys” filmining prodyuseri Ravshan Norbayev bilan “O‘zbekkino” MA tomonidan suratga olish ishlariga ruhsat berganidan boshlab, film ijodiy jamoasiga kerakli mutaxassislar qidirdik. Ko‘plar kinoni xoy-u havas deb biladi va kinoni hayoti deb biladigan mutaxassis kam. Masalan, liboslar bo‘yicha rassom ba’zi bir joyda grimyorlik qilib, grimyor boshqa bir loyihada liboslar bo‘yicha rassomlik qilib yuribdi. Buning asosiy sababi, moddiy manfaat qaysi tomonda yaxshi bo‘lsa o‘sha ishni qilib ketishayotganida. O‘n besh kunda, kim o‘zarga film olayotganlar ahvolni shu darajaga olib kelgan. Bizning jamoamizga professional montaj rejissori kerak bo‘lyapti, ammo butun O‘zbekistonda bitta ham montaj rejissori yo‘q, yana bilmadig-u biz prodyuserimiz Ravshan Norbayev bilan montaj rejissori qidirib topa olmaganimiz uchun Rossiya Federatsiyasidan Nina Sherkulova ismli professional montaj rejissorini “101-reys” filmiga jalb qildik.

Akrom Shaxnazarov, “101-reys” filmining rejissori

“101-reys” filmining prodyuseri Ravshan Norbayev film uchun jalb qilingan chet ellik mutaxassilar haqida batafsil ma’lumot berdi.

“101-reys” filmining suratga olish jarayonida chet eldan yana ko‘plab mutaxassislar jalb qilinadi. Jumladan, chet ellik grimyor, rekvizitor, butofarist mutaxassislari bilan muzokara ishlari boshlangan. Bundan tashqari, asli o‘zbekistonlik, bugungi kunda faoliyatini Gollivudda yuritayotgan supervayzer (maxsus grafikachilar boshlig‘i) Akmal Sultonov hamda Lazizxon G‘aniyevlar ham filmning suratga olish jarayonlarida biz bilan bir jamoada bo‘lishadi. Ayni vaqtda esa “101-reys” filmining montaj rejissori Nina Sherkulova esa Moskva shahridan kelib, jamoamizga qo‘shildi.

Ravshan Norbayev, “101-reys” filmining prodyuseri

Ma’lumot uchun, “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Film postanovkachi rejissor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.



Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: 101-reys
Просмотров: 1118 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz