Главная » TURFA OLAM

11 iyun kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?


 




Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25, kunduzi 39-41 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 20-25,  kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28,  kunduzi 39-44 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-26, kunduzi 38-43  daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo  va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 23-28, kunduzi 39-44  daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-26, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20,  kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.


Источник: darakchi.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (10.06.2016)
Просмотров: 652 | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar