Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

12 - Noyabr Shanba munajimlar sevgi bashorati






Qo'y 21.03-20.04

Bugun cevgan insoningizni rashk qilishingizga to'g'ri keladi, buning ustiga sohibjamol qarama-qarshi jins vakiliga. Shu sababli sizni kuchli, ammo u qadar yoqimli bo'lmagan hislar qurshab olishiga tayyor turing. 

Buzoq 21.04-21.05

Sevgan insoningiz bilan o'rtangizdagi kelishmovchilikni bartaraf etish uchun eski aloqalaringiz kerak bo'ladi. Ehtimol bu ming yil muloqot qilmagan do'stlaringiz bo'lar, balki uzoq qarindoshlaringiz. Bunday holatda munosabatlarni yahshilash uchun har qanday yo'llar qo'l keladi. 

Egizaklar 22.05-21.06

Bugun juda uzoq vaqt uyda o'tirmang. Bunday holatda munosabatlaringiz botqoqqa aylanishi mumkin. Qandaydir sarguzashtlar o'ylab topishga harakat qiling. Bu sizlarni yanada yaqinlashtiradi. 

Qisqichbaqa 22.06-22.07

Bugun sevgan insoningiz sizga nimaiki qilmasin yoki demasin uning davrasida o'zingizni yolg'iz his etasiz. Uni tushunishga va undan hafa bo'lmaslikka harakat qiling. Uning harakatlari vaqti kelib o'zgarishi mumkin masalan ertaga. 

Arslon 23.07-23.08

Ayol jinsidagi Arslonlar bugun eski do'stlarini uchratishlari mumkin. Sizning oilaviy hayot to'g'risidagi hikoyalaringiz ularga yoqmasligi mumkin. Ularning reaktsiyasiga eytibor qilmaslikka harakat qiling – bu havas hasad emasligigia hursand bo'ling. 

Parizod 24.08-23.09

Bugun sevgan insoningiz sizga siz istagandan ko'ra kamroq eytibor qaratishi mumkin. Birinchi o'rinda yo ishi, yo do'stlari turadi, bu sizga yoqadimi yo'qmi buni qabul qilishingizga to'g'ri keladi.  

Tarozi 24.09-23.10

Bugun sevgan insoningizning ishlari juda ko'p bo'ladi, siz esa ularni tugashini sabr bilan kutishingizga to'g'ri keladi. Ammo izlagan topadi, kutgan esa qo'lga kiritadi. Sizning ham ko'changizda tez orada bayram bo'ladi. 

Chayon 24.10-22.11

Bugun masyuliyatli qaror qabul qilishingiz va o'zingiz va sevgan insoningizning hayotidagi qandaydir sahifani o'girishingiz oson bo'lmaydi. Ammo sizdan boshqa buni hech kim qila olmaydi. 

O'qotar 23.11-21.12

Bugun siz “kim aybdor” degan savolga uzoq javob izlashingizga to'g'ri keladi. Siz aybdor emasligingizni siz aniq bilasiz. Ammo nima sababdandir ikkinchi yarmingiz ham o'zini aybsiz deb hisoblaydi. Murosaga kelishga harakat qiling.  

Tog' echkisi 22.12-20.01

Bugun sevgan insoningiz hech narsa qilmasdan sizni dunyodagi eng bahtli odam qiladi. Nima ham derdik bu yulduzlarning qaror bor yo'g'i tabassum, bor yo'g'i harakat, yoki ovoz – va siz dunyoda ettinchi osmon qaerdaligini aniq bilib olasiz.  

Qovg'a 21.01-18.02

Ikkinchi yarmingizga hatti-harakati, kiyinishi, gapirishi yoki yashashiga bog'liq jiddiy talablar qo'ymang. Ohir oqibat bu insonni sevsangiz, boricha bor yutuq va kamchiliklari bilan seving.  

Baliq 19.02-20.03

Sobiq sevgilingiz yoki turmush o'rtog'ingiz o'zini eslatadi. Xursand bo'lmang, bu shunchaki bir martalik qiziqish. Bu bir onlik narsa va boshlangani kabi tez tugaydi. Xotirjamlik saqlang, tezkor qarorlar qabul qilmang.

Источник: Mp3lar.com
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (11.11.2016)
Просмотров: 904 | Теги: munajimlar bashorati Noyabr | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar