14 sentyabrdan O‘zbekistonda ob-havo keskin sovib, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmat markazining xabar berishicha, keyingi hafta avvalidan O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida kunduzgi ob-havoning darhol 8-10 daraja pasayishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliklarsiz o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Sharqdan g‘arbga qarab soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-13 sentabr kunlari esa joylarda shamol tezligi soniyasiga 15-20 metr tezlikkacha ko‘tariladi.
11-13 sentabr kunlari harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi. 14 sentabrdan boshlab kechki ob-havo ko‘rsatkichi 10-15 darajagacha yetsa, kunduz kuni 22-27 darajaga qadar ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda 11-13 sentyab kunlari ob-havo kunduzi 33-38 daraja atrofida bo‘lsa, 14 sentyabrdan 25-30 darajaga qadar pastlaydi.
Mamlakatimiz shimoli — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida kunduzgi harorat 30-35 darajadan 20-25 darajaga pastlaydi. Kechasi esa 10-15 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikamizning tog‘li hududlarida oz miqdorda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11-12 sentyabrda harorat 20-25 daraja atrofida bo‘lsa, 13-14 sentabr kunlari 15-20 darajaga tushadi. Kechasi esa 7-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: sovuq, kun, ob-havo, Yomg'ir
Просмотров: 1602 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:31
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz