Главная » TURFA OLAM

15-avgust kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +36 darajagacha, O‘zbekistonning qolgan hududlarida +38 darajagacha issiq bo‘ladi




O‘zbekistonda 15-avgust, dushanba kuni havo harorati +36…+38 darajagacha issiq bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 15-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +13…+18 daraja, Toshkent shahrida +18…+20 daraja, qolgan hududlarda +23…+25 darajagacha iliq bo‘ladi.
 
Dushanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +22…+27 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +31…+36 darajagacha, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
 
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 15-avgustga o‘tar kechasi va 15-avgust kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yog‘ingarchilik, momaqaldiroq va kuchli shamol kuzatilishi mumkin.

Источник: Daryo.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (14.08.2016)
Просмотров: 209 | Теги: Avgust ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar