15 mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi 3-8, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ob-havo, 15-mart
Просмотров: 1542 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz