17-sentabr kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab kuchli shamollar kuzatiladi

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida 17-sentabr, shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.




Xabar berishlaricha, 17-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +10…+15 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +15…+20 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.

Shanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +16…+21 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +22…+27 daraja iliq, Toshkent shahrida +30…+32 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +30…+35 daraja, qolgan barcha hududlarda +28…+33 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

17-sentabrga o‘tar kechasi va 17-sentabr kuni kunduzi O‘zbekistonning barcha hududlarida shamol tezligi soniyasiga 17—20 metrgacha kuchayishi mumkin, mamlakatning tog‘li hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
 


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: 17-sentabr kuni butun O‘zbekiston b
Просмотров: 1058 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz