Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

2016-yil 18-noyabr Juma munajimlar bashorati






Qo'y 21.03-20.04



Bugun yoningizdagi odamdan ko'ra yahshiroq odamga arzishingizga ishonchingiz komil bo'ladi, sababi uning kamchiliklari sizni har daqiqa asabiylashtiradi. O'zingiz-chi idealmisiz? Xozirgi ikkinchi yarmingizdan yahshiroq insonni topa olasizmi? Bu haqda o'ylab ko'rish kerak.

Buzoq 21.04-21.05


Bugun sevgan insoningizning hatti-harakati siz istaganingiz kabi mantqiy bo'lmaydi, va umuman sizning tasavvuringizdagi insonnikiga mos kelmaydi. Afsuski bu bilan ko'nikishingizga to'g'ri keladi...

Egizaklar 22.05-21.06

Bugun sevgan insoningiz bilan iloji boricha jiddiy bo'lishingizga to'g'ri keladi. Xatto juda ham hayotdan quvonishni istasangiz ham. Ammo faqat ishchanlik kayfiyati bu holatdan to'g'ri chiqishingizga yordam beradi.

Qisqichbaqa 22.06-22.07


Bugun siz va sevgan insoningizga ko'ngil yaqinligini his etishga musiqa yordam beradi. Asosiysi musiqa kayfiyat va istagingizga munosib tarzda to'g'ri tanlangan bo'lishi lozim. Bunday kuchli qurolga ehtiyotkorlik bilan munosabat qilish lozim.

Arslon 23.07-23.08


Bugun ikkinchi yarmingiz sizning quyoshingiz bo'ladi. U kun bo'yi yo'lingizni yoritadi, ilitadi, tinchlantiradi va qo'llab quvvatlaydi. Demak suv toshsa to'pig'ingizga chiqmaydi. Sababi sizni sevishlarini va sizga ishonishlarini aniq bilasiz.

Parizod 24.08-23.09


Bugun sevgan insoningizga oson bo'lmaydi, sababi harakteringiz asal bo'lmaydi. Nima ham derdik, shunday kunlar ham bo'ladi ularga sabr bilan qarash kerak. Asosiysi ular odatga aylanmasin, aks holda baht maishiy hayot bilan chalkashib ketishi mumkin.

Tarozi 24.09-23.10

Bugun sevgan insoningiz sizga nisbatan qaerdadir nohaqligiga ishonishi oson bo'lmaydi, shu sababli unga bu haqda gapirib ham o'tirmang. Shunchaki shunday qilingki u to'g'ri hayolga mustaqil ravishda hech kimning yordamisiz kelganini o'zi tushunib etsin.

Chayon 24.10-22.11


Bugun yaqin do'stingizning sevgan insoniga nisbatan yoqtirishdan ko'ra ko'proq narsa his etishingiz ehtimoli bor. Balki hislaringiz to'g'ridir, hammasi shunga borayotgandir aslida. Yangi orzuingizni amalga oshirish tomonga ilk qadam qo'yishdan oldin, sizga kim yaqinligi haqida o'ylab ko'ring yangi sevgimi yoki eski do'stingiz.

O'qotar 23.11-21.12


Bugun bahtli hayot qurishingizga halal berayotgan o'tmishdan voz kechish uchun eng maqbul kun. Bunday qilish oson bo'lmaydi, ular sizdan hech qaerga ketishni istamaydi. Ammo bu erda kim asosiy?

Tog' echkisi 22.12-20.01


Bugun yulduzlar balandprvoz so'zlar va izhorlardan ehtiyot bo'lishni maslahat berishmoqda. Bu o'tkinchi hissiyotdan boshqa narsa emasligi ehtimoli katta.

Qovg'a 21.01-18.02


Sevgan insoningiz do'stlaringizga nisbatan do'stlarday munosabatda ekanligiga ishonchingiz komilmi? Yulduzlar rashq sahnalarini uyushtirishga maslahat berishmayapti, ammo eytiborliroq bo'ling. Ular sevgan insoningiz bilan emas do'stingiz bilan gaplashib ko'rishni tavsiya etishmoqda. Do'stingiz sizni yahshiroq tushunadi.

Baliq 19.02-20.03


Bugun sevgan insoningiz ko'nglini ochib sizga o'z hissiyotlarini aytib berishi oson bo'lmaydi. Agar siz rostan ham haqiqatni bilishni istasangiz, sizga ikki yuz foizga ishonishlari uchun qo'lingizdan kelganini qiling.

Источник: Mp3lar.com
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (17.11.2016)
Просмотров: 1214 | Теги: munajimlar sevgi bashorati noyabr | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar