2016-Yil 20-mart Yakshanba Munajimlar Sevgi Bashorati


Qo'y 21.03-20.04
Bugun sevgan insoningiz sizdan qandaydir yordam so'rashi oson bo'lmaydi, sababi u bu ish sizga qo'shimcha muammo tug'dirishiga ishonchi komil bo'ladi. Agar siz buning aksini o'ylayotgan bo'lsangiz, ikkinchi yarmingizni sizga murojaat qilish zarurligiga ishontiring.

Buzoq 21.04-21.05
Bugun sevgan insoningiz gapirishdan ko'ra jim turishni afzal ko'radi. Bu sizni bezovta qilmasin shunchaki uning kayfiyati shunday bo'ladi. Aslida u sizni avvalgiday sevadi, va uning nuqtai nazari ham o'zgarmagan. Shunchaki u bugun buni noverbal izhor qiladi.

Egizaklar 22.05-21.06
Bugun sevgan insoningizning ota-onangiz bilan muammosi bo'lishi ehtimoli bor. Bu esa sizning qandaydir hikoyalaringiz oqibatida yuz beradi. Biroq ularni yarashtirish ham sizning zimmangizda bo'ladi.

Qisqichbaqa 22.06-22.07
Bugun sevgan insoningiz sizga nima deyishini uzoq tushuntirmaydi, sababi siz uni yarimta gapidan, qarashi va ishorasidan tushunib olasiz. Ammo haddan ortiq o'zingizga ishonmang siz adashishingiz mumkin, bu esa yahshi oqibatlarga olib kelmaydi.

Arslon 23.07-23.08
Bugun siz oddiy narsalarni ham tushunishni istamaysiz, sababi ular siz uchun yoqimli bo'lmaydi. Biroq haqiqatga tik ko'z bilan qarashga harakat qiling, aks holda bu yanada murakkablashadi. Ayniqsa bu sevgan insoningiz bilan munosabatlaringizga bog'liq.

Parizod 24.08-23.09
Bugun atrofingizga qadrli insonlaringizni yig'ib oling. Sevgan insoningiz, ota-ona va qarindoshlaringiz… Agar sevimli insonlaringiz ko'p bo'lsa, eng sevimlisini davrasini tanlang Bugun o'zingizga yoqimli bo'lgan insonlar davrasida bo'lish bahtini o'zingizga rad etmang.

Tarozi 24.09-23.10
Bugun sevgan isoningiz sizni qaltis harakatga uzoq ko'ndirishi kerak bo'lmaydi. Aksincha bu borada siz ko'proq tashabbuskor bo'lasiz, endi u harakatlar oqibati to'g'risida o'ylashi kerak bo'ladi. Uni u qadar shokka tushirmang.

Chayon 24.10-22.11
So'zga chechanlar uchun juda omadli kun. Sizni sevgan insoningiz bilan uzoq polemika kutyapti chog'i. Sizning go'zal nutqingiz bitmas tuganmas, asoslaringiz esa cheksiz bo'lsin. Faqat shundagina istalgan natijaga erishasiz.

O'qotar 23.11-21.12
Bugun yulduzlar bayzi oilaviy muammolarni hal qilish haqida o'ylab ko'rishingizni maslahat berishmoqda. Masalan, ikkinchi yarmingiz mansabi ko'tarilishiga dayvogarlik qilishi kerakmi yoki buni keyinroq amalga oshirish kerakmi? Biroq ehtiyot bo'ling – murakkab muammolar bayzida oddiy echimga ega bo'ladi.

Tog' echkisi 22.12-20.01
Bugun o'zingizni tashvishsiz tuting va iloji boricha samimiy bo'ling. Faqat shundagina sevgan insoningizga sizning davrangizda bo'lish yoqimli va qiziqarli bo'ladi.

Qovg'a 21.01-18.02
Bugun sizni bevaqt tark etgan muhabbatingizni sog'inchi qurshab oladi. Xatto hozirda sevgan insoningiz bilan bahtli va sizga boshqa hech narsa kerak emas bo'lsa ham. Oddiygina musiqa, surat yoki so'z sizga bir paytlar sevimli inson ko'zlarini yodga soladi va siz o'sha davrga qaytgingiz keladi... Oz vaqtga bo'lsa ham.

Baliq 19.02-20.03
Bugun oila haqidagi fikrlar siz uchun birinchi o'rinda turadi. Xar daqiqani siz oila ayzolaringiz haqidagi o'y-fikrlar bilan o'tkazasiz? Bekorga tashvish chekmang. Turmush o'rtog'ingiz o'zi mustaqil raqishda ham uyingizni epaqasiga keltiradi. Siz shubhalanganmidingiz?
 
 


Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Теги: Munajimlar bashorati
Просмотров: 2418 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:21
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz