Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

2016 yil 29-May Yakshanba munajimlar sevgi bashorati
Qo'y 21.03-20.04
 Bugun sizlarda qo'shimcha rejalashtirilmagan ishlar paydo bo'lishi mumkin. Kutilmaganda singan kravat yoki eshikni tuzatishga tayyormisiz? Yulduzlar bu ishlarni habarlashib amalga oshirishni maslahat qilishmoqda. Sizning ruhiy ko'magingiz turmush o'rtog'ingiz uchun katta ahamiyat kasb etadi.
 
Buzoq 21.04-21.05
Bugun barcha qo'rquvlaringiz bekor ekanligi va shahsiy hayotingizda barcha narsa quvonch ruhi bilan sug'orilganligi kelib chiqadi. Umuman olganda boshdan kechirgan qo'rquvingizsiz, hech qachon bahtdan ko'ksingiz to'lib nafas ololmasdingiz.
Egizaklar 22.05-21.06
Bugun sevgan insoningiz uni hech narsada aldamayotganligingizga ishonishi oson bo'lmaydi. Unga samimiy va ochiqligingizni biror yo'l bilan isbotlashga harakat qiling, aks holda ancha vaqtga uning ishonchini yo'qotishingiz mumkin.
Qisqichbaqa 22.06-22.07
Sevgan insoningizdan tashqari siz aziz bo'lgan ko'p odam bor. Shu sababli bugun o'rtangizda kelishmovchilik yuzaga kelsa bu dunyo ohiri degani emas. Birinchidan, natijada baribir hammasi yahshi bo'ladi, ikkinchidan har qanday holatda yolg'iz qolib ketmaysiz.
Arslon 23.07-23.08
Bugun sevgan insoningiz bilan yaiqn kelajakni rejalashtirishni istamaysiz. Sizga aynan bugun va hozir bo'layotgan narsalar yoqadi. Nima ham derdik bayzi shunday yashash ham yoqimli.
Parizod 24.08-23.09
Bugun sevgan insoningizga avantyurizm va har qanday telbalik begona bo'ladi. U havfsizlik va tartib qoidalariga rioya etadi. Afsuski, bugun yo'llaringiz kesishmaydi. Balki ertaga kesishar?..
Tarozi 24.09-23.10
Uyda kichik ko'ngilsizlik bo'lishi mumkin – farzandingiz sevimli atiringizni sindirib qo'yishi mumkin yoki turmush o'rtog'ingiz biroz mast holda uyga keladi. Barchasiga falsafiy qarang – ahir hech qanday qo'rqinchli narsa ro'y bermadi Ayol Tarozilarga maslahat salbiy hislarni yashiring. Erkaklarga – janjallarga aralashmang
Chayon 24.10-22.11
Ikkinchi yarmingizga juda bog'lanib qolmaganmisiz? Bu yahshi albatta, ammo u ham tirik odam va u ham yolg'iz qolishni istashi tabiiy. Bugun shu narsaga tayyorgarlik ko'ring, ertaga tayyorgarlik mevalari sizga juda zarur bo'ladi.
O'qotar 23.11-21.12
Bugun birga bo'lishingiz kifoya. Xatto butun kecha bir so'z aytmasangiz ham, baribir ikkingizga ham bitta baht kulib boqadi.
Tog' echkisi 22.12-20.01
21-27 yoshgacha bo'lgan Tog' echkilari bugun uyda lyustralarni artishlari, kuygan lampochkalarni almashtirishlari hamda buzuq rozetkalarni tuzatishlari kerak. Umuman olganda elektruskunalar bilan ehtiyot bo'lib, hurmat bilan munosabatda bo'lishlari kerak.
Qovg'a 21.01-18.02
Ehtiyot bo'ling, hech qanday hatarli qadamlarga qo'l urmang, hatto ikkinchi yarmingiz ular tomonda bo'lsa ham. Bugun sevgi yo'lida harakatlanish uchun juda yahshi kun emas. Yahshisi biroz turgan joyizda bo'lib, atrofdagi sokinlikdan bahra oling.
Baliq 19.02-20.03
Bugun o'tgan kunlarni eslagingiz keladi. Ammo iloji boricha sevgan insoningiz davrasida emas. Ehtimol bu unga u qadar qiziqarli emasdir, yoki u o'ta ketgan qiziqishidan hotira zavqini buzib qo'yishi mumkin.

Источник: gor.uz
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (29.05.2016)
Просмотров: 1024 | Теги: Munajimlar sevgi bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar