Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

2016 yil 29- Oktabr shanba munajimlar bashorati


 
Qo'y 21.03-20.04
 Bugun sizda shunday g'oya vujudga keladiki, uni amalga oshirmaguningizcha ko'nglingiz tinchimaydi. Siz bilan gaplashish oson bo'lmaydi.
 
Buzoq 21.04-21.05
Bugungi kunni faqat sizga taaluqli bo'lgan ishlarga bag'ishlaganingiz mayqulroq. Kamroq gaplashing, bugun atrofingizda juda ko'p qiziquvchi insonlar bo'ladi.
Egizaklar 22.05-21.06
Bugun so'zsiz ichki ovozingizga ishonishingiz mumkin. U sizni butun kun davomida ko'ngilsizlikdan asraydi, siz ularni hatto sezmaysiz ham. Unga teskari ish tutaman deb ko'lmakka tushib qolishingiz mumkin.
Qisqichbaqa 22.06-22.07
Bugun kun davomida sizni ilhomlanish tuyg'usi qiynaydi. Agar tirik qolishni uddasidan chiqsangiz, siz ehtimol sanyat asari yaratarsiz.
Arslon 23.07-23.08
Bugungi kun sizga kichik g'alaba olib keladi. Ammo agar bunday bo'lmasa, o'ylab ko'ring, biror narsani o'zgartirish kerakmasmikin.
Parizod 24.08-23.09
Bugun siz hodisalar zanjiridan uzilasiz. Bo'lib o'tayotgan hodisalar sizga taysir qilmaydi, sizga bor yo'g'i tomoshabin roli qoladi.
Tarozi 24.09-23.10
Agar sizni qoniqmaganlik hissi qiynasa, bugun undan qutilish imkoningiz bo'ladi. Faqat buni juda keskinlik bilan amalga oshirmang.
Chayon 24.10-22.11
Bugun hamkoringiz sizning ko'nglingizga yo'l topishni istaydi. Sizni sovg'a yoki kutilmagan yangilik kutmoqda. Siz ertangi kunga optimistik ruh bilan qarayapsiz.
O'qotar 23.11-21.12
Bugun o'z majburiyatlaringizni bajarishga kirishishingiz qiyin bo'ladi. Nimadir sizni doimiy ravishda chalg'itadi. Juda bo'shashmaslikka harakat qiling.
Tog' echkisi 22.12-20.01
Bugun sizni qandaydir qaltis harakatga chorlamoqchi bo'lib kelganlarga ostonadan yo'q deya javob bering. Bugungi kun faol va agressiv harakatlarga mo'ljallanmagan.
Qovg'a 21.01-18.02
Bugun siz vaziyatni to'liq boshqara olmaysiz, bioq chetdan qaraganda bu aynan shunday ko'rinadi. Ehtimol chetdan ko'mak olishingizga to'g'ri kelar.
Baliq 19.02-20.03
Bugun siz melodrammatik kayfiyatga muhtoj bo'lmaysiz. Xissiyotga berilmang, hatto sizni behayo deb atashsa ham.

Источник: gor.uz
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (28.10.2016)
Просмотров: 1792 | Теги: munajimlar bashorati oktabir 15 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar