Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

2016 yil 7- Sentyabir Chorshanba munajimlar bashorati






Qo'y 21.03-20.04

Yaqin kishilaringizning yordamiga muhtojlik sezasiz. Bundan sira uyalmang. Ko'nglingizga yaqin odamga qo'ng'iroq qilib yoki oldiga borib yordam so'ring. 

Buzoq 21.04-21.05

Sizga bugun nimalar haqida gapirishayotganlariga katta eytibor qarating. Xech bir so'zni nazardan chetda qoldirmang. Shunda ko'p narsalarni tushunib etasiz. 

Egizaklar 22.05-21.06

Bugun hamma ishga ulgurmaysiz. Eng muhimlarini tanlang. 

Qisqichbaqa 22.06-22.07

Xech kim bilan ijtimoiy tarmoq orqali muloqotga kirishmang, suhbatlashmoqchi bo'lgan kishingiz bilan yuzma-yuz gaplashib oling. 

Arslon 23.07-23.08

Bugun yangi ishlarni boshlamaganingiz mayqul. Xammasini ertangi kunga qolidiring. Shunda sizni kutayotgan ko'ngilsizliklarning oldi olinadi.

Parizod 24.08-23.09

Xammasi sizning kuch va irodangizga bog'liq. Astoydil harakat qilsangiz, ko'zlagan maqsadlarning barchasiga erishasiz. 

Tarozi 24.09-23.10

Sizning shubhalaringiz hademay bartaraf bo'ladi. Qo'shimcha isbot qidirib, vaqt sarflamaganingiz mayqul. 

Chayon 24.10-22.11

Atrofdagilaning muomalasiga qarab, sizning ham kayfiyatingiz o'zgarishi mumkin. Ichki his tuyg'ularingizni oshkor qilmaslikka harakat qiling.

O'qotar 23.11-21.12

Kim bilandir murosaga kelishishingiz talab qilinayapti. Katta mojarolarning oldini olish uchun shunday qilganingiz mayqul. 

Tog' echkisi 22.12-20.01

Xamma ishni o'z zimmangizga olmang. Bundan birinchi navbatda o'zingiz charchaysiz, qolaversa, turli-tumanlik yo'qoladi. Boshqalarga ham imkon bering. 

Qovg'a 21.01-18.02

Agar nimadir kutib yashayotgan bo'lsangiz, yana biroz sabr qilishingizga to'g'ri keladi. Ahir aytishadi-ku, sabrning tagi sariq oltin, deb. Shunda o'ylagan maqsadlaringizga erishasiz, albatta.

Baliq 19.02-20.03

Juda katta qadam tashlayapsiz. Nohush holatlar yuzaga kelmasligi uchun biroz sekinlashing.
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (07.09.2016)
Просмотров: 686 | Теги: Munajimlar bashorati sentyabir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar