Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

2016 yil 8 -Oktabr munajimlar sevgi bashorati





Qo'y 21.03-20.04

Bugun sizga yaqin insoningizning ikkinchi yarmingiz bilan munosabatlaringizga doir maslahati kerak bo'ladi. Nima uchundir aynan chetdagi odam muammolaringizni yahshiroq ko'ra oladi, va hatolaringizni to'g'rilashning to'g'ri yo'lini ko'rsatadi. Maslahatlarga quloq tuting. 

Buzoq 21.04-21.05

Bugun sabrni g'amlab oling. Ikkinchi yarmingizni injiqliklariga chidash, barcha kutilmagan hodislarga tayyor bo'lish uchun uch kilogacha ushbu qimmatli mahsulot sizga etarli bo'ladi. 

Egizaklar 22.05-21.06

Bugun barcha narsaga hazil hissi bilan qarashga harakat qiling, hatto siz va sevgan insoningiz bilan o'rtangizdagi munosabatlarga ham. Sog'lom skeptitsizm va engil beadabliksiz bugun biroz qiyin bo'ladi, shu sababli bu ikki narsa bugun sizni professional tan soqchi kabi qo'riqlab turadi.

Qisqichbaqa 22.06-22.07

Bugun sevgan insoningiz sizning barcha rejalaringizni buzishni va uning o'rniga yangi narsa o'ylab topishni istaydi hamda bu tashabbusdan g'oyat hursand bo'lishingizga ishonadi. Agar bundan mamnun bo'lmayotgan bo'lsangiz, yahshisi bu haqda ikkinchi yarmingizni darhol ogohlantiring.

Arslon 23.07-23.08

Afsuski, bugun sevgan insoningizning rejalarida birinchi o'rinda bo'lmaysiz. Xatto birinchi o'nlikka ham kirmaysiz. Uning boshqa hayotiy maqsadlarini buzib tashlamang, aks holda yanada pasga tushib ketishingiz mumkin, buning ustiga endi bir umrga.

Parizod 24.08-23.09

Bugun birgalikda ekstrim qilishning ayni payti. Xamma narsa to'g'ri keladi daryoda eshkak eshishdan tortib, yo'lni qizil chiroqqa kesib o'tishgacha. Buning bor –yo'g'i ikkita sharti bor. Birinchidan, buni birga qilishingiz kerak. Ikkinchidan, hammasi tugagandan keyin kasalhonaga tushmaslikka harakat qiling. Xayotingiz sizga hali as qotadi. 

Tarozi 24.09-23.10

Bugun sevgan insoningiz unga aytishga harakat qilayotgan narsangizni tushunmaydi. U o'z oldiga maqsad qo'yadi so'zlaringizni teskari tushunadi, qarama-qarshi va mantiqsiz. Nima ham derdik, buni bilgach unga kerakli yo'l topishingiz mumkin

Chayon 24.10-22.11

Bugun oldingizda moliyaviy masalalar to'liq bo'y ko'rsatadi. Ehtimol ikkinchi yarmingiz uni echishga yordam berar, ammo yahshisi uning yordamiga murojaat qilmang. Ushbu muammoni yolg'iz ham echishingiz mumkin, keyin esa ikkinchi yarmingizga o'z mustaqilligingiz haqida maqtaning. 

O'qotar 23.11-21.12

Bugun sevgan insoningizga sizning qo'llab quvvatlashingiz kerak bo'ladi. U uzoq vaqt sizga muammolari haqida gapiradi yoki shunchaki siz bilan ko'proq vaqt o'tkazishga harakat qiladi. Ochiq va mehribon bo'ling, unga moslashishga harakat qiling.

Tog' echkisi 22.12-20.01

Bugun sevgan insoningiz qandaydir ishga sizni ko'ndirishi uchun u qadar ko'p vaqt sarflamaydi, sababi uning o'zi ham bunga sozlangan bo'ladi. Asosiysi oshirib yubormang va havfsizlikni unutmang. 

Qovg'a 21.01-18.02

Bugun sevgan insoningiz sizga o'z nuqtai nazarini tushuntirishi oson bo'lmaydi, buning ustiga sizni ham hayotga shu ko'zlar bilan qarashni majbur qiladi. Ammo agar uning iltijolariga quloq tutib, hammasini u so'rayotganday qilsangiz, sizni ko'p yangiliklar kutmoqda. 

Baliq 19.02-20.03

Bugun yulduzlar sport bilan shug'ullanishingizni tavsiya etishmoqda. Bunga sevgan insoningizni ham jalb qilsangiz bo'ladi. Ertalab birga yugurishingiz yahshi odatga aylansin. Yoki basseynda kechki suzish. Yoki har dam olish kuni parashyutdan sakrash. Bundan yahshi nima bo'lishi mumkin?

Источник: Mp3lar.com
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (08.10.2016)
Просмотров: 785 | Теги: munajimlar sevgi bashorati oktabr | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
avatar