Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

2016 yil 9-Sentyabir Juma munajimlar sevgi bashorati





Qo'y 21.03-20.04

Bugun farzandingizga ham biroz vaqt ajrating. Sevimli insoningiz sizning harakatingizni ko'rib o'zini farzandiga nisbatan mehribon tutishga urinadi. 

Buzoq 21.04-21.05

O'zingiz va his-tuyg'ularingizga ishoning. Yon-veringizdagi kishilarning mulohazalarini ham tinglang. Lekin qaror qabul qilishga kelganda, birinchi navbatda ichki ovozingizga quloq soling. Shunda sira yanglishmaysiz. 

Egizaklar 22.05-21.06

Bugun sevimli insoningiz siz bilan munosabatlaridagi ayrim jihatlarni to'g'rilashga harakat qiladi. Masalan, bir-biringizga yaqinroq bo'lish uchun halal berayotgan to'siqni echishga urinishi mumkin. Unga siz ham yordam bering.

Qisqichbaqa 22.06-22.07

Bugun yaqin kishingiz qancha harakat qilmasin, sizni va hazilingizni sira tushuna olmaydi. Yulduzlarning tavsiyasiga ko'ra u bilan munosabatni sekin-asta izga solib olish kerak. Shunda keyinchalik bir-birinigizni yahshi tushuna boshlaysiz. 

Arslon 23.07-23.08

O'zingiz anchadan buyon orzu qilayogan insonni uchratasiz. Bir-biringizga juda mossiz. Agar munosabatlarni oilaviy hayot tuzish bilan davom ettirmoqchi bo'lsangiz, birga bahtli hayot kechirasiz. 

Parizod 24.08-23.09

Bugun sevgan kishingizni kim bilandir adashtirib yuborasiz. Atrofga eytibor bilan qarang. Uning ko'nglini og'ritib qo'ymang. 

Tarozi 24.09-23.10

Bugun o'zingiz yoki sevimli insoningiz uchun muhim bo'lgan muammoni hal qilasiz. Vaqtdan unumli foydalanib qoling, yo'qsa keyin afsuslanasiz. 

Chayon 24.10-22.11

Bugun sevgan kishingiz bilan o'rtangizda jiddiy muammo kelib chiqishi mumkin. Uni birga hal eta olmaysiz, yaqin do'stlaringizga murojaat qiling, ular albatta yordam berishadi. 

O'qotar 23.11-21.12

Bugun sevgilingiz qandaydir ko'ngilochar ish bilan shug'illanishni istaydi va shunga harakat qiladi. Albatta, uning harakatlarini rag'batlantirib, rahmat aytishni unutmang. 

Tog' echkisi 22.12-20.01

O'qotarlarda tanlov huquqi bor do'stlar orasidagi quvnov uchrashuv yoki shirin oila diydori. Xar ikkisidan birini tanlaganda ham vaqtni samarali o'tkazasiz. 

Qovg'a 21.01-18.02

Siyosiy qarashlaringiz bir-biringiznikidan farq qiladi. Shu sababdan tortishib qolasiz. Ehtiyot bo'ling bu bahs shahsiy hayotingizga dahl qilmasin. 

Baliq 19.02-20.03

Bugun o'z shahsiy hayotingizga nisbatan masyuliyatsiz yondoshuning salbiy oqibatlarini tushunib etasiz. Hatolaringizni boshqa takrorlamang.

Источник: Mp3lar.com
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (09.09.2016)
Просмотров: 618 | Теги: Munajimlar bashorati sentyabir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar