Главная » DUYNO XABARLARI

2016-yil bir sekundga uzaytiriladi




Xalqaro Yer aylanishi xizmati (IERS) joriy yil bir sekundga uzaytirilganini ma’lum qildi. Bu astronomik va atom soatlari sinxronizatsiyasi uchun zarurdir. Shu tariqa, 31-dekabr kuni soatlarda 23:59:59 dan so‘ng 23:59:60 vaqti ko‘rsatiladi, shundan so‘ng u 00:00:00 ga o‘tib, yangi yil boshlanadi, deb xabar beradi “Vokrug sveta”

O‘ta aniq atom soatlari yordamida belgilanadigan Butunjahon muvofiqlashtirilgan vaqti (UTC) va astronomik vaqt sinxronizatsiyasiga IERS javob beradi. U Yerning aylanish parametrlari hamda uning koordinatalarini kuzatib boradi. Zarur bo‘lganda xizmat qo‘shimcha sekundlar qo‘shilishini e’lon qiladi. 1972-yildan beri umumiy hisobda 26 sekund qo‘shildi; bu ish oxirgi marta 2015-yilning 30-iyunida amalga oshirilgan edi.

Vaqtni to‘g‘rilash zarurligi haqida olti oy oldin ma’lum qilinadi. Odatda qo‘shimcha sekund iyun yoki dekabr oxirida qo‘shiladi. Bunday sekundlarning qo‘shilishiga qarshilar bor, negaki, ularning fikricha, bu elektronika ishida buzilishlarni keltirib chiqaradi. Boshqa tomondan, qo‘shimcha sekundlarning bekor qilinishi bora-bora fasllarning almashib qolishiga olib kelishi mumkin.

Atom va astronomik vaqt orasidagi farq sekin to‘planib boradi: 2100-yilda u 2–3 daqiqani, 2700-yilda esa 30 daqiqani tashkil etishi mumkin.


Источник: daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (09.07.2016)
Просмотров: 603 | Теги: Yer | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar