22:07 2016yil 17-iyun munajimlar sevgi bashorati | |
![]() Qo'y 21.03-20.04 Sevgan insoningizni boricha qabul qilishga va sevishga harakat qiling. Bugun sizni undagi qaysidir jihat asabiylashtirishi aniq. Ammo uning bu harakati ham u insonning bir qismiku. Buzoq 21.04-21.05 Sizga iliqlik, qulaylik va ertangi kunga ishonch kerak. Bularning hammasini bir vaqtning o'zida olish qandaydir hatoga yo'l qo'yishingizga olib keladi. Maqsadlaringizni yana bir marta tahlil qilib ko'ring. Egizaklar 22.05-21.06 Bugun biror narsaga jiddiy munosabatda bo'lmang. Xatto yulduzlar bashoratiga ham. Faqat o'zingiz va hislaringizga ishoning. Sevgan insoningiz ham buni ko'rib munosib baholaydi. Unga mustaqil insonlar yoqishi aniq. Qisqichbaqa 22.06-22.07 Siz ikkinchi yarmingizga fikrlaringizni aytishigiz mumkin, ammo u buni inobatga olishi dargumon. Xafa bo'lmaslikka harakat qiling bu alam ustida emas, faqat vaziyatga taysir etuvchi omillar juda ko'p. Arslon 23.07-23.08 Bugun ayriliqdan qochib qutulib bo'lmaydi. Xavotir olmang, bir umrga emas Faqat bugungi kunni sevgan insoningizdan ayriliqda o'tkazasiz. Balki bu hislaringizni yana bir bor sinovdan o'tkazish uchun kerakdir. Parizod 24.08-23.09 Bugun sevgan insoningizning harakati sizni hayratga soladi, buning ustiga juda qattiq. U o'zini nima uchun aynan shunday tutayotganiga tushunishga harakat qiling. Kayfiyati yomonmi? Sizga nimanidir isbotlamoqchimi? Yoki va nihoyat asl qiyofasiga kirib, bu yog'iga doimo shunday bo'lmoqchimi? Tarozi 24.09-23.10 Bugun yaqinda sevgan insoningizga bergan vaydangizni bajarishingiz oson bo'lmaydi. Yulduzlar unga buning sabablarini tushuntirishni maslahat berishmoqda. Bu eng to'g'ri va samarali yo'l bo'ladi. Chayon 24.10-22.11 Bugun sevgan insoningiz bilan o'tmishingizdagi biror qiziqarli hodisani eslang... Bu kayfiyatingizni ko'taribgina qolmay, sizni bir-biringizga yanada yaqinlashtiradi. O'qotar 23.11-21.12 Bugun sevgan insoningiz o'z hazillari bilan ko'nglingizni ko'tarishga harakat qiladi. Asosiysi u bu yo'l bilan hurmatini yo'qotib qo'ymasin, sababi kulgili narsa biz uchun doim ahamiyatli bo'lmaydi. Uning aslida kim ekanligini unutib qo'ymang. Tog' echkisi 22.12-20.01 Sevgan insoningizga qanday munosabatdasiz? 2-3 yoqimli ismlari bor bo'ldimi. Ahir uning ismidan juda ko'p narsalar o'ylab topsa bo'ladi. Bugun bunday tajribalar uchun ayni muddao, harakat qilib ko'ring Qovg'a 21.01-18.02 Bugun sevgan insoningiz sizni ko'ngil yaralaridan sevgi sharobi bilan davolashiga to'g'ri keladi. Bunday harakatlar juda samarali taysir qiladi, agar qilmasa – yolg'izlik bilan davolanishga harakat qilib ko'ring. Baliq 19.02-20.03 Bugun do'stlaringiz kechani ularning davrasida o'tkazishni maslahat berishadi. Yulduzlar bu kechaga sevgan insoningizni ham olishni maslahat berishmoqda, faqat avval unga yoqishiga ishonch hosil qiling. Прикрепления: Картинка 1 | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|