2050-yilga kelib 5 mlrd inson suvsizlikdan aziyat chekadi

Iqlim, ekologik va ijtimoiy o‘zgarishlarning tabiiy resurslariga ta’sirini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, Jahon metereologiya tashkiloti (WMO) ushbu mavzu bo‘yicha o‘zining birinchi hisobotini e’lon qildi. Hujjat chuchuk suv zahiralarining global hajmi haqida tasavvur beradi, shuningdek, yer kriosferasining (qor va muz) zaif holatini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, 2021-yilda dunyoning katta qismi odatdagidan ko‘ra quruqroq ob-havo sharoitini boshdan kechirgan.

“So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishining oqibatlari suv resurslari orqali tobora ko‘proq sezilmoqda: biz ko‘proq kuchli va tez-tez qurg‘oqchilik, ekstremal toshqinlar, notekis mavsumiy yog‘ingarchilik va muzliklarning tez erishini ko‘rmoqdamiz. Bunday o‘zgarishlar iqtisodiyotlar, ekotizimlar va kundalik hayotimizning deyarli barcha jabhalariga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq yillik izlanishlarga qaramay, biz haligacha chuchuk suv resurslarining taqsimlanish mantig‘ini, shuningdek, ular bilan sodir bo‘ladigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini to‘liq tushunmayapmiz”, – deydi JST Bosh kotibi professor Petteri Taalas.

Ta’kidlanishicha, global suv holati ushbu bilim bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. U taqdim etgan ma’lumotlar va tahlillar iqlim o‘zgarishiga moslashish va yumshatish uchun zarur bo‘lgan investisiyalarni samarali taqsimlaydi.

Hozirda 3,6 milliard odam yilning kamida bir oyi davomida suvdan yetarli darajada foydalana olmaslik muammosiga duch kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 2050-yilga borib besh milliarddan (!) oshishi kutilmoqda.

2001-yildan 2018-yilgacha Yer yuzidagi barcha tabiiy ofatlarning 74 foizi suv bilan bog‘liq. Yaqinda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida suv birinchi marta forumning yakuniy hujjatida muhim ko‘rsatkich va muhim resurs sifatida tilga olindi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: chekadi, aziyat, 2050, Inson, mlrd, kelib, yilga, suvsizlikdan
Просмотров: 161 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz