Главная » TURFA OLAM

21 iyun kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?



 

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 iyun kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 19-21, kunduzi 33-35 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 18-23,  kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23,  kunduzi 30-35   daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent  viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23,  kunduzi 30-35  daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25,  kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13,  kunduzi  20-25 daraja issiq bo`ladi.


Источник: darakchi.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (20.06.2016)
Просмотров: 377 | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar