25 aprel kuni shou-biznesdagi ayol xonandalardan biri turmushga chiqyapti


Opera yo‘nalishida ijod qilib, nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham e’tiborga tushishga muvaffaq bo‘lgan xonanda “Nihol” mukofoti sovrindori Milena Madmusayevaning turmushga chiqayotgani ma’lum bo‘ldi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, xonanda prodyuseri Abduhamid Xalilov bilan o‘rtadagi munosabatlarini oila rishtalari ila mustahkamlayapti. Bu xabarni “Setora” guruhining sobiq vakili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Laylo Galiyev (Leyli) tasdiqladi. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga Abduhamid va Milenaning to‘ylariga taklifnomananing suratini joylab, ularga baxt tiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, to‘y 25 aprel kuni Toshkentdagi “Versal” restoranida bo‘lib o‘tadi. Biroq kelin-kuyov bu xabarni ommaga ovoza qilishni xohlashmayapti chog‘i to‘y haqida OAVga hech qanday rasmiy xabar berilmadi.
Ma’lumot uchun, Milena Madmusayeva 1987 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan xonanda 2015 yildan buyon “Oazis” guruhida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Mazkur guruhga uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Abduhamid Xalilov prodyuserlik qiladi. Milena Madmusayeva Italiya, Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: turmushga chiqyapti
Просмотров: 1566 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:40
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz