Главная » MUNAJIMLAR BASHORATI

28- Oktabr Juma munajimlar bashorati
Qo'y 21.03-20.04
 Bugun yahshisi o'z muammolaringiz bilan shug'ullaning, boshqalarnikini chetga surib turing. Xammasini birga amalga oshirishga ulgurmaysiz.
 
Buzoq 21.04-21.05
Bugun yahshisi ovoz chiqarib shikoyat qiling, hatto tinglovchingiz oyna bo'lsa ham. Bu yo'l bilan siz muammoingizni qanday echishni tushunib etasiz.
Egizaklar 22.05-21.06
Bugungi kunni iloji boricha uy va oilaga bag'ishlang. Yirik haridlar amalga oshirmang – ular omadsiz bo'lish havfi bor.
Qisqichbaqa 22.06-22.07
Bugun siz tushishni istamagan vaziyatingizga tushishingiz mumkin. Bu holda katta harakatlar – g'oya yo'qligini yashirishning u qadar yahshi yo'li emas. Agar o'z g'oyangiz bo'lmasa boshqalarnikidan foydalaning.
Arslon 23.07-23.08
Bugun shahsiy ishlaringiz birinchi o'rinda bo'ladi, ayniqsa nozik hislarga tegishli bo'lganlari. Qolgan hammasi kutib turadi, sizdan hatto hafa ham bo'lishmaydi.
Parizod 24.08-23.09
Siz katta o'zgarishlarga muhtojsiz. Agar havo o'zgarsa – havotir olmasligingiz mumkin, agar o'zgarishni istamasa, o'zingiz biror narsani o'zgartirishingizga to'g'ri keladi.
Tarozi 24.09-23.10
Bugungi kunni so'nggi soniyasigacha sermahsul o'tkazing. Siz hamma ishlarni nihoyasiga etkaza olasiz.
Chayon 24.10-22.11
Bugun g'ururingizni chetga surib, yordam yoki biroz muddat so'rang, aks holda uddalay olmaysiz. Vazifani uddalay olmaganingizni ko'rsatishdan ko'ra shunisi ham yahshi.
O'qotar 23.11-21.12
Bugun kimningdir o'yiniga aralashish uchun vaqtingiz ham, istagingiz ham bo'lmaydi. Siz bunga majbur emassiz.
Tog' echkisi 22.12-20.01
Agar nihoyasiga etmagan biror ishingiz bo'lsa uni bugun tugating, uni keyinga qoldirish yaramaydi. Agar sizga bu ish shu qadar yoqmasa, albatta.
Qovg'a 21.01-18.02
Bugun siz har doimgidan nozik bo'lasiz, ham jismonan ham maynan. O'zingizni to'polonlardan chegaralashga harakat qiling.
Baliq 19.02-20.03
Bugun bitta urinishda bir necha hal qilinmagan ishlarni bir yoqli qilish uchun juda omadli kun. Agar kechga borib kimnidir o'z tashrifingiz bilan hursand qilmoqchi bo'lsangiz – shubhalanmang, sizni ko'rishdan mamnun bo'lishadi.

Источник: gor.uz
Категория: MUNAJIMLAR BASHORATI | Добавил: AdminoFF (27.10.2016)
Просмотров: 1159 | Теги: munajimlar bashorati oktabir 15 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar