30 mart ob-havo ma’lumoti


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-15, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ob-havo
Просмотров: 1295 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:25
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz