30 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-9, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 5-10, Ustyurt bo‘ylab kechasi 20-25, kunduzi 10-15 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 15-20, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ob-havo
Просмотров: 1106 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:32
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz