Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

365 kunlik safarga chiqqan shveysariyalik sayohatchilar O‘zbekistonga yetib keldi



Shveysariyalik Magali va Devid 365 kunlik ta’til olib, Istanbuldan Sidney tomon yo‘l olgan edi. Aprel oyida yo‘lini boshlagan sayyohlar iyul oyining boshida, sayohatning 90-kunida O‘zbekistonga yetib keldi. Bu ularning yo‘lidagi oltinchi davlat bo‘ldi, deb ma’lum qiladi “Gazeta.uz”.

Juftlik Toshkentdan Xiva, so‘ng Qoraqalpog‘iston tomon yo‘l oldi. Navbatda Buxoro va Samarqand turibdi.

Sayohatlari haqida Magali va Devid 365 Days Off nomli blogida hikoya qilib bormoqda. Saytda, shuningdek, fotosuratlar va videoparchalar chop etib boriladi.

oshkentni sayyohlar “zamonaviy va toza shahar” deb ta’rifladi, shuningdek, mamlakatga kirish ular o‘ylaganchalik qiyin emasligini tan oldi.

“Hech kim telefon va noutbuklardagi foto va video yoki yonimizdagi dorilar haqida so‘ramadi”, — deb yozadi sayyohlar.

Ularga eng yoqqan narsalar Qoraqalpog‘istondagi qasrlar, Toshkentning eski qismi va issiqda mador beruvchi sharbat bo‘ldi.

Xivada juftlik velosipedlarda harakatlandi.

Avtomobillar taqiqlangan joyda ko‘pdan beri bunday maza qilmagandik”, — deyiladi Xivadagi velosayr videosining yozma izohida.


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (09.07.2016)
Просмотров: 436 | Теги: sayohatchilar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar