Главная » TURFA OLAM

4-iyul kuni yog‘ingarchilik kutiladi




O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4-iyul kuni yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazixabar berdi.

Xabar berishlaricha, 4-iyulga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10…+15 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +18…+23 daraja, Toshkent shahrida +20…+22 daraja, qolgan hududlarda +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.

4-iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20…+25 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +35 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +39 darajagacha, qolgan hududlarda +38 darajagacha issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, shuningdek, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 4-iyulga o‘tar kechasi va 4-iyul kuni qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.


Источник: daryo.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (03.07.2016)
Просмотров: 359 | Теги: ob- havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar