615 mln so‘mlik Lamborghini Gallardo Andijon emas, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda O‘zbekiston Adliya vazirligi Sud departamenti tomonidan xatlangan Lamborghini Gallardo avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda “Kim oshdi savdo servis” kompaniyasi saytida axborot berilgan.



Xabar berishlaricha, avtomobil Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015-yil 20-iyuldagi xukmi asosida berilgan 2-285-30M-14-sonli ijro varaqasiga asosan kimoshdi savdosiga qo‘yilmoqda.

22-sentabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi 42-uyda o‘tkaziladigan ochiq auksion savdosiga qo‘yilgan 2004-yilda ishlab chiqarilgan avtomobilning rangi olcha (qizil), boshlang‘ich bahosi — 615 583 497 so‘m.

Kimoshdi savdosida qatnashish istagida bo‘lganlar 61 558 349 so‘m 70 tiyin miqdorida zakalat pulini to‘lashlari lozim.

Avvalroq boshlang‘ich narxi 615 million so‘mga baholangan Lamborghini Gallardo Andijonda savdoga qo‘yilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Gallardo Lamborghini kompaniyasi tomonidan 2003—2013-yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, uning eng arzon modeli narxi 160 ming dollardan boshlanadi.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: 615 mln so‘mlik Lamborghini Gallard, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lu
Просмотров: 1574 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz