Главная » SHOU-BIZNES habarlari

75 nafar san`at vakillariga «O`zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonlari topshirildi




Madaniyat va sport ishlari vazirligida sohada faoliyat ko`rsatayotgan ilg`or xodimlardan bir guruhini «O`zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonlari bilan taqdirlashga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 

Madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedov muhtaram Yurtboshimizning 2016 yil 1 iyuldagi Farmoniga binoan ta`sis etilgan "O`zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatida hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar (49 nafar) hamda kino va teatr aktyorlari, xonandalar (26 nafar), jami 75 nafar vakillarga  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan nishonlarni tantanali ravishda topshirdi.

Mukofotlanganlarning to`liq ro`yxati bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligining rasmiy saytida tanishish mumkin.

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (29.08.2016)
Просмотров: 260 | Теги: mukofot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar