Главная » SPORT YANGILIKLARI

75 yoshli Pele uchinchi marta uylandi, bu safar...



75 yoshli futbol afsonasi Pele uchinchi marotaba uylandi. Bu safar braziliyalik sobiq futbolchi 50 yoshli Marsiya Sibel Aoki bilan hayot yo'llarini bog'ladi.
Aslida Pele asil kelib chiqishi yaponiyalik bo'lgan bu tadbirkor ayol bilan o'tgan asrning 80-yillarida Nyu-Yorkdagi bazmu jamshidlarning birida tanishishgan edi. Lekin o'shanda munosabatlar jiddiy bo'lmagandi. 2010 yili bu juftlik tasodifan yana uchrashib qolishdi. Tasodifni qarangki, Pele va Aokining uchrashuvi ko'p qavatli binolardan birining liftida sodir bo'ldi. O'sha uchrashuvdan keyin juftlik boshqa ajralishmadi. 
 
 

 
 
Ikki yoshning nikoh kechasi San-Paulu shtatida bo'lib o'tdi. Marosimga 120 kishi taklif etilgandi. Pelening avvalgi rafiqalaridan 5 nafar farzandi bor.
 

Источник: championat.asia
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (12.07.2016)
Просмотров: 610 | Теги: pele | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar