Главная » TEXNOLOGIYA

96 foiz foydalanuvchilar bilmaydigan 9 xil axborot izlash usullari




Qidiruv sistemalarida o’zingizga kerak narsani topishda qiyinchiliklarga duch kelasizmi? 

1. Qanday qilib ibora yoki so’z tarkibini operator yordamida « » aniqlash mumkin.

Ibora yoki so’zni qavslar ichiga yozing va «Yandeks» veb sahifalarni ichidan xuddi shunday iborani topib beradi.

Misol uchun:

[«men sizga yozyapman »]

2. Qanday qilib gapda tushib qolgan so’zni izlasa bo’ladi?

Hamma gapni qavs ichiga oling, qolib ketgan so’zni o’rniga yulduzchani * qo’ying. Shunda gapda qolib ketgan so’z topiladi.

Masalan:

[«tun ko’cha * dorixona »]

3. Bir necha so’z orasidan xohlaganini tanlash

Vertikal slesh orqali to’g’ri keladigan variantlarni sanab o’ting: | «Yandeks» o’zi shu so’zlardan kerakli hujjatni qidiradi.

Masalan:

[ananaslar |bulduriq | shampan vinosi]

4. Bir gap ichidan so’zni topish

«ampersand» — & nomli chiroyli ismli operatordan foydalaning. Agar so’zni ampersand bilan bog’lasa «Yandeks» bir gapda turgan so’zni topadi.

Masalan:

[Pushkin haykali & Pskov]

5. Hujjat ichidan muayyan so’zni toppish

Probel bilan so’zni uzmagan holda kerakli so’z oldidan + ni qo’ying. Bu so’rovnomaga bir necha kerakli so’zlarni qo’yish mumkin.

Masalan:

[Sholoxov haykali + hiyobon]

6. Qidiruvdan so’zni o’chirish

Sizga kerak bo’lmagan so’z oldiga – ni qo’ying. Shunday qilib bir nechta so’zni o’chirish mumkin.:

Masalan:

[sxema spitsali to’qilgan – sotib olish]

7. Muayyan saytda qidirish

Buning uchun site operatori to’g’ri keladi. Bu to’g’ridan–to’g’ri so’rovnomani qanday va qayerdan qidirishga yordam beradi. Saytdan keyin albatta :ni qo’yish shart.

Masalan:

[O’zResi konstitutsiyasi site:lex(nuqta)uz]

8. Muayyan turdagi hujjatlarni qidirish

Sizga �mime� operatori kerak. So’rovnomada �mime� qo’ying, : keyin hujjat turini ko’rsating. Masalan, pdf yoki doc.

Masalan:

[chet el pasportiga ariza mime:pdf]

9. lang operatori yordamida muayyan tildagi saytni qidirish

Lang’dan keyin : ni qo’yib qanday tildagi hujjat kerakligi ko’rsatiladi.

O’zbek tili uchun — uz, Rus tili uchun — ru, Ukrain tili uchun –uk. Belorus tili uchun be, ingliz tili uchun – en, fransuz tili uchun –fr.


Источник: gooper.uz
Категория: TEXNOLOGIYA | Добавил: AdminoFF (03.07.2016)
Просмотров: 783 | Теги: Google, Axbarot texnologiyasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar