Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Abdulla Oripovning dafn marosimi qoldirildi

 
 
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning dafn marosimi bugun, 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq, noma’lum sabablarga ko‘ra dafn marosimi qoldirildi...
 
Shoirning jasadi ortilgan samolyot 7 noyabr kuni kechki soat 20:00 da AQShdan Toshkent aeroportiga kelib qo‘nishi, dafn marosimining bugun, 8 noyabr kuni o‘tkazilishi haqida shoir Muhammad Ismoil o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali xabar bergandi.
 
Ayni soatlargacha, dafn marosimi haqida hech qanday ma’lumot bo‘lmagach, biz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qo‘ng‘iroq qildik va dafn marosimining qachon o‘tkazilishi bilan qiziqdik.
 
“Abdulla Oripov hali AQShdan olib kelinganlaricha yo‘q. Dafn marosimining qachon bo‘lishi noma’lum. Barchasi ertaga ayon bo‘ladi”, deydi go‘shakni ko‘targan xodima.
 
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQShning Xyuston shahridagi shifoxonada vafot etgandi.

Источник: qalampir.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (08.11.2016)
Просмотров: 1279 | Теги: Abdulla Oripov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar